Oppo MWC 2017’da favqulodda mobil kamera texnologiyasini namoyish qiladi

Oppo MWC 2017’da favqulodda mobil kamera texnologiyasini namoyish qiladi

Xitoyning yetakchi kompaniyasi Oppo Jahon Mobil Kongressi oldidan anjuman ko‘rgazmasida mobil qurilmalar olamidagi eng yaxshi kamerani va’da qilayotgan “5x Project” mobil kamera texnologiyasi bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Oppo vitse-prezidenti Skay Li ushbu bo‘lajak namoyishni jahon smartfon fotografiyasida “texnologik inqilob” yasashini aytib o‘tgan. “OPPO’ning mukammallik sari olib borgan tinimsiz izlanishlari favqulodda texnologiyaning tug‘ilishiga xizmat qildi”, deydi kompaniya rahbari.

Kompaniya relizida “5x Project texnologiyasi smartfon foydalanuvchilariga o‘ta yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi”, deyilgan. Kompaniya hozircha qartalarini to‘liq ochmayapti.

Aytish joizki, “Selfie Expert” nomini olgan Oppo tomonidan so‘nggi yillarda mobil fotosurat sifati, jumladan brend “aqlli telefon”larida yuqori sifatli selfi suratlar olish, F1 Plus gadjeti old kamerasiga sig‘imi 16 MPgacha bo‘lgan ob’yektivlarning o‘rnatilishi uni mahalliy smartfon bozori yetakchisiga aylantirib, jahon bozoriga chiqishini ta’minladi.

2016 yilning 4-chorak yakunlariga ko‘ra, Oppo Xitoyda eng ko‘p — 78.4 million dona smartfon yetkazib bergan. International Data Corporation (IDC) tadqiqot kompaniyasining aytishicha, bu 2015 yildagidan 2 barobar ko‘p.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!