OPPO sotilish bo‘yicha dunyoning 4-raqamli smartfon brendiga aylandi

OPPO sotilish bo‘yicha dunyoning 4-raqamli smartfon brendiga aylandi

OPPO smartfonlari 2016 yilning 1-choragida sotilish bo‘yicha boshqa bir xitoylik smartfon brendi Xiaomi’dan o‘zib ketgan.

Gartner tadqiqot markazining yozishicha, birinchi chorak mobaynida 16,112,600 dona OPPO mobil aloqa vositalari sotilgan. Xiaomi esa 15,048, 000 dona smartfon sotib, raqibiga o‘rnini bo‘shatib bergan.

2015 yilning shu davriga nisbatan OPPO savdosidagi o‘sish 144,6% ni tashkil qilgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kompaniya oldingi yilning shu davriga nisbatan bu chorakda 10 mln dona ko‘proq “aqlli telefon” sotgan. Xiaomi savdosidagi o‘sish esa 300 mingni tashkil qiladi.

Joriy yilning ilk choragida Samsung 81 mln., Apple 52 mln., Huawei 29 mln., dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan. 2015 yilning 1-choragida 336,297,8 dona smartfon sotilgan bo‘lsa, joriy yilda jahon miqyosida jami 349,251,4 dona mobil telefon apparati xarid qilingan.

Xalqaro smartfon bozorida Samsung 24.1 foiz ulush bilan yetakchilik qilmoqda. Sotilgan smartfonlarning 17,9 foizi esa Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!