Ortga nazar: McLaren, Aston Martin, Ferrari va Land Rover mashinalari nomidagi telefonlar

Ortga nazar: McLaren, Aston Martin, Ferrari va Land Rover mashinalari nomidagi telefonlar

Noodatiy telefonlardan biroz chekingan holatda, ushbu maqolamizda avtomobil markalari nomidagi gadjetlarga e’tibor qaratamiz. Bunday telefonlar ko‘p yillardan buyon mavjud bo‘lib, hali ham mashhurdir.

O‘QING: Ortga nazar: kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar

 Misol uchun, OnePlus kompaniyasi bir nechta McLaren Edition'inidagi telefonlarni ishlab chiqargan. Samsung esa Aston Martin Galaxy Z Fold2 buklamafonini taqdim etgan bo‘lsa, iQOO kompaniyasi BMW bilan hamkorlikda cheklangan sondagi smartfon ishlab chiqargan. Shuningdek, Huawei ham Porsche Edition smartfonini taqdim etgan edi.

Siemens SX1 Limited Edition

2003-yilda Siemens SX1 nomli telefonni taqdim etgan edi. Oradan bir yil o‘tib, 2004-yilgi Formula1 mavsumi poygalarida qatnashgan McLaren MP4-19'dan ilhomlanib, SX1'ning McLaren Edition'dagi telefonni taqdim etdi. Ushbu turdagi telefon 200 dona ishlab chiqarilgan.

...

Nokia 8800 Aston Martin Edition

8000 seriyasi Nokia'ning premium telefonlar seriyasi bo‘lib, bu lineykadagi qurilmalar dizayni ajoyib ko‘rinishda ishlangan. 2006-yilda finlar va britanlar birlashib Nokia 8800 Aston Martin Edition telfonini taqdim etishgan.

Aston Martin logotipi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan telefon korpusiga lazer yordamida tushirilgan. SX1'da bo‘lgani kabi, haqiqiy brendlar oldindan o‘rnatilgan raqamli kontentlar bilan keladi. Misol uchun, qurilmadagi qo‘ng‘iroq ohanglaridan biri bu — Aston Martin Vantage'ning V8 dvigatellining yozib olingan tovushi hisoblanadi. Shuningdek, telefonda kristall tugmacha bo‘lib, buning funksiyasini bilishingiz uchun Aston Martin avtomobilini haydab ko‘rgan bo‘lishingiz kerak.

...

Gadjetga xotirasiga “qisqa hujatli film“ yozilgan bo‘lib, u 64MB'lik xotirani deyarli to‘liq qismini egallaydi. Xotirani MicroSD bilan kengaytirish imkoniyati mavjud emas. Bundan kelib chiqib turibdiki, Nokia 8800 faqat chiroyli dizayni bilan maqtana oladi.

Motorola RAZR maxx V6 Ferrari

Motorola RAZR maxx V6 Ferrari Challenge telefoni 2007-yilning boshida taqdim etilgan. Ferrari bu telefonlarni oldindan sotib yuborgan, shuning uchun uni do‘konlardan sotib olishning iloji bo‘lmagan.

...

Ushbu devaysning narxi 525 dollar (500 funt) ni tashkil qilgan va oddiy seriyadagidan biroz narxi balandroq bo‘lgan. Telefonning ustki qismiga Ferrari logotipi tushirilgan va uning xotirasida Ferrari avtomobilining rasmi va mavzulari bo‘ladi.

Land Rover S1
Sonim kompaniyasi 2004-yilning o‘rtalarida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya Land Rover bilan hamkorlilda Land Rover va Land Rover S2 G4 telefonlari ishlab chiqardi.

...

Hammaga ma’lumki, Land Rover yo‘l tanlamas avtomabillarni ishlab chiqaradi. Land Rover S1 telefoni ham turli xil sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan. Ushbu gadjet IP67 (suv va changdan himoya) darajasiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi GSM telefoni bo‘lgan.
Shuningdek, devays boshqa testlardan ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Telefon 2 metrlik balandlikdan tashlab yuborilganda omon qolgan. 30 daqiqa suv ostida 400 kg bosimga bardosh bera olgan. Bundan tashqari Land Rover S1 gadjeti -20°C dan +55°C gacha bo‘lgan haroratda ham ishlay olgan.

Telefonni loy ko‘lmakka tashlab, ustidan mashinada bosib o‘tilganda ham omon qolgan. Ushbu gadjetning narxi 300 funt stelingni tashkil qiladi va unga 3 yillik kafolat beriladi.

Quyida Land Rover telefoni sinovdan o‘tkazilgan videoni tomosha qilishingiz mumkin:

O‘QING: Ortga nazar: iPhone 7 Plus — ikkita kameraga ega, lekin 3.5 mm audio jekdan mahrum qilingan ilk iPhone

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.