Osiyo kamerafonlari "jangi": koreyalik, yaponiyalik yoki xitoylik -- kim yaxshi surat oladi?

Osiyo kamerafonlari

Bugungi kameralar o‘rtasidagi jang boshqalaridan farq qiladi. Undagi raqiblarning barchasi osiyolik. Bugun Xitoy kamerafonlari nufuzini hamyonbop Xiaomi Mi 6, Yaponiyani — ilg‘or Sony Xperia XZ Premium, hamda Janubiy Koreya sha’nini — jozibador Samsung Galaxy S8 Plus himoya qiladi.

Suratlar ketma-ketligi: 1. Samsung Galaxy S8 Plus, 2. Sony Xperia XZ Premium, 3. Xiaomi Mi6

Baholash qanday bo‘ladi?

Bir xil manzara bir vaqtning o‘zida kamerfonlar tomonidan suratga olingan. Raqiblar kunduzi, tunda, yaqin masofada, foto-matn, portret va selfi janrida olgan suratlari bilan bellashadilar. Bu suratlarning sifatiga bahoni internet foydalanuvchilari qo‘yishgan va smartfonlarga ovoz berishgan.

1-manzara: kunduzgi sharoitda surat olish

Odatda kunduzgi sharoitda surat olish eng oson vazifa bo‘lib tuyiladi. Boisi, yorug‘lik yetarli sharoitda hattoki hamyonbop smartfonlar ham qoyillatib suratga oladilar. Biroq, flagmanlarning hammasi ham bu sharoitda yorqin va detallarga boy surat olishni uddalay olishmaydi.

Bu shartda olingan suratlardagi oq tus me’yoriga, suratlardagi sarg‘ish yoki ko‘kish tusga diqqat qilish zarur. Shuningdek, kunduzgi olingan suratlar sifati bilan bog‘liq eng keng tarqalgan kamchilik -- quyosh nuri ta’sirida surat chekkalaridagi rang-tus o‘zgarishi. Qaysi suratda detallar ko‘proq va aniq-tiniq aks etsa, shu kamerafon shartimiz g‘olibi bo‘ladi.  

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:

Internet foydalanuvchilarining fikr-mulohazalari va bergan ovozlariga ko‘ra quyidagi natijalar ma’lum bo‘ldi:

1. Samsung Galaxy S8 Plus

2. Xiaomi Mi6

3. Sony Xperia XZ Premium

2-manzara: portret suratga olish
Portret janrida ijod qilishda eng muhim jihat — oq tus me’yorini to‘g‘ri aniqlash va manzarani detallarga boy qilib muhrlashdir. Inson yuzi yoki terisi oqish yoki sarg‘ish bo‘lib qolmasligi kerak. Suratlardagi ushbu detallarga diqqat qiling: yuzdagi rang-tus, soch va kiyim.
Bu suratlarni olishda fokus inson ko‘ziga qo‘yilgan. Smartfonlarning har birida bir nechta suratlar olinib, eng yorqinlari tanlab olingan. Shunday bo‘lsa ham, qaysidir kamera baribir o‘ziga xos, taassurotli portret olishda tengsiz ekanini isbot qiladi.

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:

Portret janrida ijod qilish bo‘yicha g‘oliblik quyidagicha taqsim qilindi:

1. Samsung Galaxy S8 Plus

2. Xiaomi Mi6

3. Sony Xperia XZ Premium

3-manzara: matnni suratga olish
Bu imtihon kameraning detallarni muhrlashda qanchalik mohir ekanini aniqlash uchun kerak. Bunda kadrning barcha qismida matn aniq va rang-tus bir-biridan keskin farq qilishi kerak bo‘ladi. Ba’zi bir kameralar matn suratga olganda qog‘ozga sarg‘iz tus beradi. Ba’zi bir kamera ilovasida esa mitti harflar ko‘zning g‘ashiga tegar darajada bo‘ladi, misol uchun, harflar yonida soyalar paydo bo‘ladi.  
Quyidagi syujetda kitobning 2 varag‘i kadrga tushgan: o‘ng tomon varaqda surat bo‘lib, fokus shu suratga tushirilgan. Diqqat bilan qaralsa, kameralar olgan suratlar o‘rtasidagi sifatda jiddiy farqlarni ko‘rish mumkin.

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:

Matn suratga olish bo‘yicha internet foydalanuvchilari ovozlari asosida aniqlangan g‘oliblar bilan tanishing:
1. Xiaomi Mi6
2. Samsung Galaxy S8 Plus
3. Sony Xperia XZ Premium

4-manzara: selfi
Bu ham portret olishdek u qadar oson ish emas. Faqat bunda mahorat old kameradan talab qilinadi. Biroq, bu shartda ham talab o‘zgarmagan: teri va yuzdagi rang tus, aniqlik va detallar miqdori hisobga olinadi. Mayda-chuydalarga ham e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bugun old kameralarda tatbiq qilinayotgan kosmetik, ya’ni inson qiyofasi va rangiga maxsus tus beruvchi funksiyalar tufayli kameralar selfi olishda ham ilg‘orlab ketishdi. Biroq, quyidagi suratlarni olishda bu funksiyalar o‘chirib qo‘yilgan.
Barcha kameralardagi sig‘im va fokus oralig‘i turlicha. Shu sababli, original suratlarda qiz yaqin yoki uzoqda bo‘lib tuyilishi mumkin. Bu baholashga xalaqit bermasligi uchun quyida kameralar olgan suratlarning markaziy qismlarini alohida parchada jam qildik.

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:

Selfi suratga olish bo‘yicha internet foydalanuvchilari ovozlari asosida aniqlangan g‘oliblar bilan tanishing:
1. Xiaomi Mi6
2. Samsung Galaxy S8 Plus
3. Sony Xperia XZ Premium

5-manzara: yorug‘lik past sharoitda suratga olish
Qorong‘ulik — har qanday kamerafonning dushmani. Yorug‘lik past sharoitda suratda "shovqin" miqdori oshib, yorug‘lik taratuvchi chiroqlarning shu’lasi xiralashib qoladi, detallar miqdori keskin kamayib ketadi.
Yorug‘lik past sharoitda smartfon kamerasidan oq tus me’yorini to‘g‘ri berish va fokusni aniq nuqtaga qo‘yish mahorati talab qilinadi. Bu shartdan o‘tish biror smartfonga oson bo‘lmaydi. Tungi suratga olish har qanday kamerafonning "siri"ni ochib qo‘yishi mumkin. Boisi, bu shartda eng yuqori salohiyat namoyon bo‘ladi.
Maslahat: avval suratlarga to‘liq diqqat qiling. Ko‘zga yorug‘lik miqdori ko‘payib ketgan holat darrov ko‘zga tashlanadi. Undan so‘ng suratning qorong‘ulik aks etgan qismiga nazar solib, piksellar donadorligiga ahamiyat qiling. Bu ISO miqdori oshib ketganidan darak. Ko‘zga xiraliklar darrov tashlanadi. Suratning qorong‘u qismida ham detallarning yaxshi aks etishi maqsadga muvofiq.

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:


Qorong‘udan qo‘rqmaydigan smartfonlar ketma-ketligi bilan tanishing.
1. Sony Xperia XZ Premium
2. Samsung Galaxy S8 Plus
3. Xiaomi Mi6

6-manzara: makro-yaqindan yirik hajmli surat olish
Bu imtihon kamera ob’yektga yaqindan taqalganda datchik o‘zini qanday tutishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun, qo‘liga smartfon olgan odam borki, yaqindan mayda gullar yoki jonivorlarni suratga olgisi keladi.
Yaqindan suratga olishda detallashtirish va yaniq avtofokus -- kamerafondan talab qilinadigan muhim sifat. Smartfondagi yorug‘likni qamrab oluvchi optik linzasi qancha yaxshi bo‘lsa, ob’yekt shuncha tiniq, orqa fon esa g‘ira-shira bo‘lib aks etadi. Bu surat jozibadorligini oshiradi. Suratlarga baho berishda kameraning rang-tusni berish qobiliyatiga ham diqqat qiling.

Har bir suratni fokus tushirilgan qismidan yaqinlashtirilgan parcha:

Makro-surat olish bo‘yicha internet foydalanuvchilari ovozlari asosida aniqlangan g‘oliblar bilan tanishing:
1. Xiaomi Mi6
2. Sony Xperia XZ Premium
3. Samsung Galaxy S8 Plus

Galaxy S8 Plus makro surat olishda tengsiz. Uni ob’yektga yaqinlashtirsangiz, fon ham zerkalka fotokameralarida bo‘lgani singari g‘ira-shira bo‘ladi.
Biroq, bir xil vaqt va sharoitda olingan yuqoridagi suratlarda  Galaxy S8 Plus olgan surat xromatik ranglar, ya’ni ranglarning buzilishi kuzatiladi. Peyzaj olganda bu bilinmasa ham, yaqindan surat olganda kameraning mazkur kamchiligi ko‘zga tashlanadi.

Qolaversa, Samsung flagmani rangdorlikni sun’iy oshirishga harakat qiladi. Natijada, qizil rangli ob’yekt olovrang bo‘lib tovlanmoqda. Orqa fondagi yashil rang esa och tusga kirgan. Xiaomi Mi6'da rang uzatish sifati yaxshi.

Yakun va xulosa


3-o‘rin: Sony Xperia XZ Premium (8 ball)
Yaponiyalik smartfon kamerasi osiyolik smartfonlar ichida eng past natijani ko‘rsatdi. Uning kamerasiga xos kamchiliklar — odamlarni suratga olishda va tungi suratga olishda qiynaladi. Portret va selfi olishda suratdagi qizning yuzi tiniq aks etmagan. Tunda esa "shovqin" ko‘payib, detallar soyada qolib ketgan. Sony Xperia XZ Premium 19 megapikselli kameraga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, uning dinamik diapazoni kichik va bu piksellar unga faqatgina yorug‘lik yaxshi sharoitda surat olishiga yordam beradi.

2-o‘rin: Xiaomi Mi6 (13 ball)
Xiaomi Mi6 flagmani raqiblariga qaraganda 2 barobar arzon, ya’ni eng arzoni 400 dollarga ham yetmaydi. Xperia XZ Premium esa 900 AQSh dollarigacha sotilmoqda. Xitoylik flagman kamerasi portret, makro suratlar, shuningdek tungi suratlar olishda mahoratli. Selfi sifati bo‘yicha Mi6 raqiblaridan ancha mohirligi ayon bo‘ldi. Muammolar yo‘q emas: ba’zi suratlarda aniqlik, oq tus me’yori yetarli emas, ba’zida yashil tuslar paydo bo‘ladi.

1-o‘rin: Samsung Galaxy S8 Plus (15 ball)
Ko‘pchilikning fikricha, Samsung Galaxy S8 Plus kamerasi — jahondagi eng yaxshi kameralardan biri. Buning isbotini avvalgi kamerafonlarga oid fotosessiyalarda ham ko‘rgan edik. Koreyalik flagman yorqin, har qanday sharoitda detallarga boy surat olishda mahoratli. Shu bois, uni g‘oliblik bilan tabriklaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!