«O‘yiq»li ekranga ega Huawei P20’ning ham «jonli» surati tarqaldi

  •   DiMaX
  •  1397
  •  27.02.2018 15:18

«O‘yiq»li ekranga ega Huawei P20’ning ham «jonli» surati tarqaldi

Xitoylik texnogigant bu yil 27 martda Parijda o‘tkaziladigan anjumanda uchta modeldagi smartfonlarini namoyish etmoqchi. Bular – Huawei P20, P20 Plus hamda P20 Lite rusumli gadjetlardir.

O‘QING: Romsiz Huawei P20 Lite’ning har tomonlama «jonli» suratlari va videosi tarqaldi

Bulardan ikkitasi – P20 Plus va P20 Lite modellarining rasmlarini avvalroq e’lon qilgan edik. Mashhur insayder Evan Blass bugun o‘zining Twitter-akkauntida Huawei P20’ning ham «jonli» suratini e’lon qildi.

Ushbu suratda aks ettirilgan smartfon bundan bir necha kun avval TENAA ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan qurilmaga aynan o‘xshash. Aniqrog‘i – ularning orqa paneli aynan bir xil, displeyi yoqiq holda turgan old paneli esa, nihoyat, «kemtik»li ekranning chegaralarini farqlashimizga imkon bermoqda.

Smartfonning orqa paneli pastki chap burchagida «Huawei» emas, balki «Shirley» so‘zi tushirilgan. Bu so‘z mazkur modelning koli nomlanishini anglatadi.

Ko‘rib turganingizdek, Huawei P20 modelida moddiy «Home» tugmachasi saqlanib qolgan. Undan tashqari ekran ostida sensor tugmachalar ham mavjud. Ular P20 Plus modelida bo‘lmasligi aytilmoqda.

O‘QING: Uch modulli kameraga ega Huawei P20 Plus’ning ilk «jonli» surati chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.