O‘zbekistonda ilk «ASPEX BI SCHOOL» VI tahlilchilar maktabi ochildi

  •   DiMaX
  •  688
  •  07.03.2019 15:21

O‘zbekistonda ilk «ASPEX BI SCHOOL» VI tahlilchilar maktabi ochildi

Toshkentdagi Inha universitetida tarixiy voqea ro‘y berdi – O‘zbekistonda birinchi «ASPEX BI SCHOOL» VI tahlilchilar maktabining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati xabar bergan.

O‘QING: Inha universitetida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan ta’lim dasturi ochildi

Raqamli ma’lumotlarni avtomatlashtirish, to‘plash va qayta ishlash, biznes-tahlil, tadrijiy hisobotlar va prognozlar sohasida «ASPEX» – Qozog‘iston IT-bozori yetakchisi hisoblanadi.

5 mart kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir doirasida Toshkentdagi Inha universitetining iqtidorli talabalariga grantlar ajratish nazarda tutilgan holda, VI tahlilchilarni tayyorlash bo‘yicha uch oylik yozgi kurslarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

«ASPEX BI SCHOOL» – bu kompaniyalarning ma’lumotlar massivi bilan ishlovchi va tahliliy hisobotlar tayyorlovchi Full-stack VI tahlilchilarini to‘laqonli ravishda uch oy davomida tayyorlash va o‘qitishdir. Power BI bo‘yicha o‘quv dasturi Power BI bilan qulay tarzda ishlash imkonini taqdim etuvchi birinchi grafikni yaratishdan tortib, eng yangi ilg‘or texnikalardan foydalanishga qadar turli mavzularni qamrab oladi.

O‘QING: Toshkent avtobuslarida GPS tizimi va «MyBus Tashkent» ilovasi yana ishga tushadimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.