O‘zbekistonda innovatsion ko‘zoynak ixtiro qilindi

O‘zbekistonda innovatsion ko‘zoynak ixtiro qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda innovatsion jihatlarga ega ilk ko‘zoynak ixtiro qilindi.

Tibbiy texnika sohasida foydalanuvchi ushbu ko‘zoynak linzali gardish, videokamera kabi qismlardan tarkib topgan. Agentlik saytida yozilishicha, qismlarning boshlang‘ich uchastkasining ichki tomoni bo‘sh hamda uning qolgan qismlari rezina qoplamasi bilan o‘rab olingan.

Ko‘zoynakka Wi-Fi signallarini qabul qiluvchi va uzatuvchi modul, akkumulyator batareyasi o‘rnatilgan. Ko‘zoynak gardishining sinchidagi plankaga namni oluvchi qoplama yotqizilgan.

Ko‘zoynak sinchining o‘rtasida videokamera va uning ustida yoritgich o‘rnatilgan. Wi-Fi moduli o‘ng va chap bandlarning tegishli ichki bo‘shlig‘ida o‘rnatilgan.

Mualliflar jamoasi: Saliyev Akramjon, Nasirova Feruza, Noraliyeva Moxinur, Jaloliddinov Davronbek va O‘rmonov Farruhlar tomonidan yaratilgan ushbu foydali model uchun "FAP 01249" raqamli patent berildi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!