O‘zbekistondagi «Bilayn» abonenti hisobini endi «Yevroset» orqali komissiyasiz to‘ldirish mumkin

  •   DiMaX
  •  1332
  •  15.11.2017 15:24

O‘zbekistondagi «Bilayn» abonenti hisobini endi «Yevroset» orqali komissiyasiz to‘ldirish mumkin

Rossiyadagi «Yevroset» kompaniyasi O‘zbekistonning «Bilayn» aloqa operatori abonentlarining hisoblarini to‘ldirish bo‘yicha yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur texnologik yechimning yetkazib beruvchisi «MOBI.Dengi» kompaniyalar guruhidir, deyiladi uning saytidagi xabarda.

Endi Rossiya hududidagi istalgan «Yevroset» do‘konida O‘zbekistonning «Bilayn» abonenti telefon raqami hisobini to‘ldirish imkoni tug‘ildi. Buning uchun mijoz «Yevroset» do‘koni kassasiga murojaat etishi lozim. U hisobi to‘ldirilishi lozim bo‘lgan abonent raqamini aytadi va kerakli miqdorda, naqd  pul shaklida to‘lovni amalga oshiradi. Pul mablag‘lari muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgach, kassir chekni chop etib beradi.

Pul mablag‘lari shu lahzaning o‘zida – online rejimida o‘tkaziladi. Xohlagan mijoz O‘zbekiston «Bilayn» aloqa operatorining istalgan abonenti hisobini komissiyasiz to‘ldirishi mumkin.

O‘QING: Beeline korporativ mijozlarga yarim soatgacha bepul xalqaro muloqotni taqdim etmoqda

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu yangi servis O‘zbekistonda qarindoshlari, do‘stlari yashaydigan rossiyaliklar, shuningdek, Rossiyada safarda bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun katta qulayliklar taqdim etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!