"O‘zbektelekom": "Telefon aloqa xizmatlari narxlari oshmaydi".

Shahar va xalqaro telefon aloqa xizmatlari narxi 20 oktyabrdan boshlab oshirilishi xususida «O‘zbektelekom» xabar bergan edi.

Axoli uchun shaxar telefon tarmog‘idan foydalanish oylik to‘lovi vaqt hisobi bo‘yicha 2350 dan 3000 so‘mgacha (Qishloq joylarda – 1035 so‘mdan 3000 so‘mgacha), to‘lov abonent tizimida esa 3090 so‘mdan 4000 so‘mgacha (qishloq joylarda 1520 so‘mdan 2000 so‘mgacha), shunga mos ravishda, tashkilotlar uchun tariflar o‘rtacha 30 foizga oshirilishi, xorijiy mamlakatlarga qo‘ng‘iroqlarning narxi ikki baravar oshishi ma’lum qilingan edi.

Biroq, kompaniyaning bugun -- 11 oktyabr kuni e’lon qilgan xabariga ko‘ra, 2017 yilning 5 oktyabrida e’lon qilingan narxlar bekor qilingan va xizmatlar uchun haq avvalgi -- 2016 yilning 1 iyulida tasdiqlangan №125-1/1-sonli preyskurant asosida to‘lash davom etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.