P20 va P20 Pro savdoda rekord o‘rnatdi

P20 va P20 Pro savdoda rekord o‘rnatdi

Joriy yilning boshida AQSh hukumatining iqtisodiy sanksiyalari va bosimi bois Huawei xalqaro elektronika bozorida bir oz omadsizliklarga yuz tutgan edi. Bir muddat esa kompaniya P20 turkumiga mansub yangi devayslarini taqdim qildi va jahonda yana bir kuchli raqib borligini isbotladi. Ayni paytda kompaniya bu flagmanlar orqali xalqaro smartfon bozoridagi nufuzini yanada yaxshilash choralarini ko‘rmoqda.

P20 turkumining yangi modellari taqdimotida Huawei bosh direktori kompaniya 2018 yilda 15-20 million dona P20 flagmanlaridan sotishni reja qilayotganini aytgan edi.

O‘qing: Huawei P20 Pro: Eng yaxshi kamerafonda surat olib ko‘rishdi

Huawei P20 turkumi Xitoyda 11 apreldan boshlab sotuvga chiqarildi. Rasmiy manbalarning ma’lum qilishlaricha, kompaniya savdo boshlanganidan 10 soniya o‘tib 15 million dollarlik P20 va P20 Pro smartfonlaridan sotgan. Bu faqatgina ichki bozorning o‘zida sotilgan devayslar. Mazkur raqamlar yangi modellarning xalqaro bozordagi muvaffaqiyatli savdosidan ham darak berib turibdi.

Huawei P20, ayniqsa P20 Rro ayni paytda jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Huawei P20 Pro bosh kamerasidagi uchinchi sensor 40 megapikselli va bu rangli sensor f/1.8 hajmli aperturaga ega bo‘lgan hamda manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga oladi.

O‘qing: Huawei P20 Pro — hayratomuz smartfon taqdim qilindi!

5,8 dyuymli IPS-ekranga hamda Kirin 970 "aqlli" protsessorga ega Huawei P20 Yevropa hududida 780 AQSh dollaridan, 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli Huawei P20 Pro modeli esa 950 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

O‘qing: Roskomnadzor Facebook Rossiyada qachon bloklanishini aytdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!