Panasonic 30 karra kattalashtiriluvchi Lumix DMC-TZ85 kamerasini taqdim etdi

Panasonic 30 karra kattalashtiriluvchi Lumix DMC-TZ85 kamerasini taqdim etdi

Yangi Lumix fotoapparati 30 karrali miqyosga ega, bundan tashqari 4K formatli videoga oladi.

Lumix DMC-TZ85 1/2,3 dyuymda 18,1 megapikselli CMOS-matritsaga ega. Fokus masofasi 24dan 720 mmgacha o‘zgaradi. Soniyasiga 30 kadrni muhrlab 4K formatli videoga olish imkoni mavjud.

Lumix boshqa kameralar singari tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Fotoapparatning nur sezuvchanligi ISO 80-6400, suratga olishda ob’yektivining ochiq turishi muddati 1/16000-60 soniyani tashkil qiladi. Kameraga Wi-Fi moduli o‘rnatilgan.

O‘lchami 112x64x38 mm, vazni esa 282 gramm. Avtonom ishlash vaqti 320 kadrgacha.

Fevraldan boshlab sotuvga chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!