Panasonic`dan o‘n yillik batareya

Panasonic`dan o‘n yillik batareya

Panasonic kompaniyasi eneloop deb nomlangan maishiy akkumulyatorni taqdim etdi. U 10 yil mobaynida energiyani 70 % foizgacha saqlab turish imkoniga ega.

Nikel-metallogidrid eneloop batareyasi past darajali o‘zi quvvatlanadigan akkumulyatorlar turkumiga mansub. Batareya dastlabki quvvatlantirishga muhtoj emas va sotib olishingiz bilan uni darhol ishlatishingiz yoki uzoq muddatga saqlab qo‘yishingiz mumkin.

Manbani 2100 marta qayta quvvatlantirish mumkin va past darajadagi ob-havo(-20°S va undan pastroq)ga hamda og‘ir iqlim sharoitlariga chidamli.

Yangilangan modellar shunday ko‘rinishda:
eneloop (AA standart o‘lcham uchun 1900 mAs va AAAs standart o‘lcham uchun 750 mAs), eneloop pro (AA standart o‘lcham uchun 2500 mAs va AAA standart o‘lcham uchun 930 mAs), eneloop lite (AA standart o‘lcham uchun 950 mAs va AAA standart o‘lcham uchun 550 mAs).

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!