Pavel Durov: Telegram`ga audio-qo‘ng‘iroqlar funksiyasi qo‘shiladi
Yurtimizda keng ommalashgan Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov kompaniya kelgusida xizmatga audio-qo‘ng‘iroqlar funksiyasini tatbiq etishini tasdiqladi, deb yozmoqda vc.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarning biri orqali bu borada 13 yanvar kuni yo‘llangan savolga javob berar ekan, Pavel Durov: “Bu funksiyani qo‘shamiz” degan izohni qoldirgan. Biroq aniq sana yoki boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Bundan bir necha kun oldin messenderning desktop versiyasida foydalanuvchi mavzularini qo‘llab-quvvatlaydigan funksiyasi paydo bo‘ldi.
2015 yilda kompaniya Telegram uchun audio-qo‘ng‘iroqlarni shifrlaydigan texnologiya ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.