Paynet baribir aholidan to‘lovlarni qabul qilaverishini aytdi

  •   DiMaX
  •  1377
  •  07.05.2018 12:59

Paynet baribir aholidan to‘lovlarni qabul qilaverishini aytdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq banki va «Mikrokreditbank»ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali. Qaror bilan Xalq banki va «Mikrokreditbank»ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berilgan.

O‘QING: «Uzpaynet» MChJ tugatiladi

UzPaynet kompaniyasi o‘z faoliyati to‘xtatilishi haqida 6 may kuni paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi, deb yozadi Sof nashri. Kompaniya bayonoti bilan quyida to‘liq tanishish mumkin:

Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda Paynet faoliyati to‘xtatiladi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

UzPaynet kompaniyasi shuni ma’lum qiladiki, Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmaydi.

O‘zbekiston Prezidentining «Xalq banki va ‘Mikrokreditbank’ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, aholidan to‘lovlarni Paynet savdo belgisi ostida qabul qilish faoliyati Xalq banki tuzulmasi tarkibida amalga oshiriladi.

To‘lovlarni qabul qilish tizimi ish faoliyati uzluksiz va odatdagidek davom etmoqda. Hozirda aholiga va to‘lov agentlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

UzPaynet kompaniyasi bayonotidan

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushiriladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!