Philips o‘zining ilk OLED ekranli televizorini namoyish qildi (Video)

Philips o‘zining ilk OLED ekranli televizorini namoyish qildi (Video)

IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida Philips kompaniyasi o‘zining ilk OLED ekranli televizorini taqdim etdi. Philips 901F nomli ushbu televizor Ultra HD aniqligidagi ekran, HDR rejimi va Android TV operatsion tizimi bilan ta’minlangan. Shuningdek, Philips’ga qarashli Ambilight orqa fon texnologiyasi ham ko‘zda tutilgan.

Philips-OLED-901-F-Lifestyle-Photography1

Philips 901F  99% rangni qamrab oladigan keng formatdagi DCI-P3 tizimiga ega. “Perfect Pixel Ultra HD” texnologiyasi bilan birga qora rang darajasi yuqori sifatli tasvir namoyishini ta’minlaydi.

OLED ekranli televizori bilan Philips kompaniyasi Samsung va Sony kabi raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Sababi yuqorida nomi keltirilgan firmalar hali organik svetodiodli ekrandagi televizorlarni ishlab chiqarishmagan. Philips mazkur televizorda hozirda yagona  OLED panellar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan LG kompaniyasining LG Display matritsasidan foydalangan.

philips-oled-2 (1)

Ushbu OLED ekranli televizor Google tomonidan yaratilgan Android TV operatsion tizimida ishlaydi. Operatsion tizimda smartfon, planshet yoki noutbukdagi foto, video va musiqalarni televizor ekraniga uzatishda xizmat qiladigan Googlye Cast funksiyadan foydalanish mumkin. Google Cast Netflix, YouTube, HBO, Hulu va boshqa bir qator servislarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hozircha Philips 901F narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!