Photoskop – fotograflar uchun bepul interfaol kurs

  •   DiMaX
  •  1324
  •  17.04.2017 14:43

Photoskop – fotograflar uchun bepul interfaol kurs

Ko‘pchilik boshlovchi suratkashlar, yaxshi qurilma – ajoyib tasvirlar suratga olishning asosiy sharti, deb hisoblashadi. Ammo eng zo‘r, professional qurilma qo‘llariga tushgan taqdirda ham, undan to‘g‘ri foydalanish uchun hali ko‘p narsa o‘rganish kerakligini tushunib qolishadi.

Photoskop – fotoapparatni mukammal o‘zlashtirishni istovchilar uchun tashkil etilgan batafsil onlayn-qo‘llanmadir. Servisning asosiy xususiyati shundan iboratki, u olingan ma’lumotlarni amalda mustahkamlashga yordam beruvchi mashqlar va interfaol misollarni ham o‘z ichiga oladi.

 Ta’lim kursi bir nechta darslarga bo‘lingan. Ularni o‘z ketma-ketligida o‘rganishingiz yoki mundarijadan o‘zingizga kerakli darsni tanlashingiz mumkin.

Darslarda eng keng tarqalgan syujetlar, masalan – studiyada, peyzajda suratga olish sirlari ko‘rib chiqiladi. Har bir holatda kamerani qanday sozlash bo‘yicha maslahatlar beriladi. Bunda siz apparatning interfaol sozlamalarini mustaqil almashtirishingiz va buning suratga ta’sirini shu ondayoq baholashingiz mumkin.

Qo‘llanmaning yagona kamchiligi – barcha materiallar faqat ingliz tilida taqdim etilganligidadir. Ammo, hech qanday izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan interfaol trenajyorlar mavjudligini inobatga olsak, bunisi uncha ahamiyatli emasligi ayon bo‘ladi.

Ayni damda Photoskop saytida 12 ta interfaol dars joylangan. Biroq ishlab chiquvchilar yaqin orada yana oltita dars qo‘shishlarini e’lon qilishgan. Ularda harakatdagi ob’yektlar, sharsharalar, portretlar va hokazolarni suratga olish sirlari o‘rgatiladi.

Yangi darslardan bexabar qolmaslik uchun, saytning tarqatmasiga obuna bo‘lib qo‘yish mumkin.

Shuningdek, fotoishqibozlarga smartfonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari haqidagi maqolamiz ham ma’qul kelsa kerak.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!