Play Store ilovalar do'konida yana ko'proq reklamalar paydo bo'ladi

Play Store ilovalar do'konida yana ko'proq reklamalar paydo bo'ladi

Hozir Android smartfonda Google'ning Play Store ilovalar do'koniga kirib qidirish tugmasini bossangiz siz avval qidirganlaringiz tarixini ko'rasiz. Biroq, ular tez kunda reklamalar bilan alishishi mumkin.

9to5Google nashrining xabar berishicha, Google o'zining Play Store ilovalar do'konidagi qidiruv joyida ham reklamalar ko'rsatishni rejalashtirmoqda. Bunda siz qidiruv tugmasini bosishingiz bilan avval qidirganlaringiz tarixini emas, balki, uchta o'yinlar reklamasini ko'rasiz. Qidiruv tarixi esa biron-bir harfni kiritganingizdan keyin avtomatik to'ldirish bilan paydo bo'ladi.

Hozircha reklamalar qilinayotgan o'yinlar: Summoners War: Chronicles, Call of Duty Mobile Season 10 va Fishdom Solitaire qidiruvda paydo bo'lish uchun pul to'lashganmi yoki bular shunchaki taklifmi, bunisi noma'lum. Ehtimol, bu o'zgarishlar Google Play System uchun yaqinda chiqarilgan noyabr yangilanishidagi "Qidiruv natijalari uchun yangi formatlar" va "Sizga yoqadigan ilova va o'yinlarni topishga yordam beradigan yangi funksiyalar" xususiyatlari bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. Ushbu o'zgarishlar 33.0.17-21 versiya bilan barchada ko'rsatilishi mumkin.

O'QING: Google Play Store tez orada ilovalar "sifati" haqida ham ma’lumot beradi