Poyezdlar harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladigan qurilma ishlab chiqildi

Poyezdlar harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladigan qurilma ishlab chiqildi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xodimlari tutashmasiz rels zanjiri qurilmasini ishlab chiqdilar.

Mazkur foydali model temir yo‘l texnikasi, poyezdlar harakatini boshqarish uchun temir yo‘l avtomatikasi va telemexanikasi sistemalari uchun mo‘ljallangan. Tutashmasiz rels zanjiri qurilmasi yo‘l uchastkalari holati nazoratining ishonchliligini va poyezdlar harakati xavfsizligini oshiradi.

Ushbu foydali model uchun hammualliflar Aliyev Marat, Aliyev Ravshan va Akbarov Murodga patent berildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!