Poyabzaldagi GPS

Poyabzaldagi GPS

Yaponiyada g‘aroyib poyabzal savdoga chiqdi. Unga GPS tizimi bilan aloqa qiluvchi qurilma o‘rnatilgan.

Bunday poyabzali bor odam turgan joyni real vaqtda smartfon yoki kompyuter ekranida kuzatsa bo‘ladi. Treker (bosib o‘tilgan yo‘l izi tasvirini tushiruvchi) poshnaga joylangan. Tegishli saytda qayddan o‘tgach, poyabzal egasi bosgan yo‘lini ota-onalari yoki tibbiyot xodimlari kuzatib borishlari mumkin.

Kiotodagi “Vishxillz” kompaniyasi bu oyoq kiyimi parishonxotir keksalar uchun mo‘ljallangan, deb hisoblaydi, chunki ular katta shaharda adashib yo‘qolib qolishi xavfi bor. GPSli tufli ixtiro qilingungacha parishonxotir qariyalar medaolondan foydalanishgan, ammo uydan chiqishda uni ko‘pincha unutib qoldirishar edi. Kompaniya urg‘u berishicha, bunday vaziyatda poyabzal ayni muddaodir.

Avvalroq Qozog‘istonda otga GPS o‘rnatilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!