Porsche Design – Huawei Mate 9 modelining premium versiyasi

Porsche Design – Huawei Mate 9 modelining premium versiyasi

Bundan bir necha kun oldin Xitoyning Huawei kompaniyasi navbatdagi flagman – Huawei Mate 9 fabletini namoyish qilgan edi.  Flagman bugungi kunning eng kuchli protsessori Kirin 960 bilan jihozlangan. Bundan tashqari, model Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan butunlay yangi qo‘sh kameraga (20MP + 12MP) ham ega bo‘lgan.

Yangi fabletning standart versiyasi bilan bir qatorda, kompaniya uning premium modifikatsiyasi, qora rangli Huawei Mate 9 Porsche Design modelini ham taqdim etdi. Tabiiyki, Huawei Mate 9 Porsche Design fabletning standart versiyasiga qaraganda bir muncha ilg‘or parametrlar bilan jihozlangan.

vePhRM67klVvpr66JfYVkyumFYjG

Premium smartfonga 5,5 dyuymli QHD formatidagi AMOLED ekran, ixchamroq korpus va 4000 mA/st sig‘imidagi batareya o‘rnatilgan. Qalinligi – 7,5 mm, vazni – 169 gramm. Huawei Mate 9 Porsche Design standart versiyadagi model kabi Kirin 960 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi, tezkor xotirasining hajmi 6 GB, doimiy xotiraniki esa 256 GB! Kamerasinign formati stanlart versiyanikidan deyarli farq qilmaydi.

Mate 9 Porsche Design dekabr oyida birinchi bo‘lib Yevropada sotuvga chiqariladi. Narxi – 1395 yevro!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.