Portalning 500 000-foydalanuvchisiga maxsus sovg‘a bor!

  •   DiMaX
  •  1196
  •  18.05.2018 15:23

Portalning 500 000-foydalanuvchisiga maxsus sovg‘a bor!

Davlat xizmatlari markazlari orqali bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga 500 mingga yaqin davlat xizmati ko‘rsatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Elektron savdo: Shavkat Mirziyoyev jahondagi eng ilg‘or tajribani qo‘llashni buyurdi

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali jami 80 mingta davlat xizmatidan foydalanilgan.

O‘zbekiston Prezidentining «Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur o‘rgatish orqali ularning Internet tarmog‘idan murojaat qilishini rag‘batlantirish amaliyotini joriy etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan foydalangan 500 000 (besh yuz minginchi) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 8 dekabr kuniga qadar Internet tarmog‘ida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan eng ko‘p foydalangan arizachi ham maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Tanlovda g‘oliblar «Facebook» internet tarmog‘idagi «Davlat xizmatlari agentligi — Agentstvo gosudarstvennix uslug» sahifasida hamda agentlikning «Telegram»dagi rasmiy kanali orqali e’lon qilinadi.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni imzoladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!