Prezident O‘zbekistonda internet tezligi 2,5 barobar oshishiga va’da berdi

Prezident O‘zbekistonda internet tezligi 2,5 barobar oshishiga va’da berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati a’zolariga Murojaatnomasida internet tezligi 2,5 barobarga oshirilishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi.

Davlat rahbari aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish maqsadida uzoq tumanlarda 2 ming kilometr optik tolali aloqa tizimlarini qurish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, internet o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga oshirish va 4 mingdan ortiq tayanch mobil aloqa stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

"Mazkur chora-tadbirlar natijasida 600 dan ziyod aholi punkti internet va mobil aloqa bilan ta’minlanadi", - deya qayd etdi Prezident.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!