Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni 1 milliontaga yetdi

Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni 1 milliontaga yetdi

Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni 1 milliontaga yetdi. Bu haqda qabulxona axborot blokida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Daryo.uz.

«2017 yil 21 iyul kuni soat 16:45 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga millioninchi murojaat ro‘yxatga olindi», — deyiladi xabarnomada.

«O‘n oyda millionta murojaatning kelib tushishi xalqning davlatimiz rahbariga, mazkur yangi institutga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatadi. Bu raqam virtual qabulxona aholi muammolarini hal qila oladigan mexanizm ekanligini ham tasdiqlaydi», — qo‘shimcha qilinadi materialda.



Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!