"Prilojeniye Sistemniy UI ostanovleno" xatosini to‘g‘rilaymiz

  •   Saroy
  •  1255
  •  12.05.2018 16:21

Samsung Galaxy qurilmasidan foydalanuvchilar deyarli har kuni "Prilojeniye Sistemniy UI ostanovleno" da anchayin ko‘ngilsiz muammoga duch keladilar.  Mazkur muammoni bartaraf etish uchun biz taklif etayotgan usullar bilan tanishsangiz  muammodan tezda qutilasiz

O‘QING: Samsung Galaxy telefonida o‘chib ketgan aloqani tiklash mumkin?

Umuman olganda, buning bir nechta yo‘llari mavjud, lekin birinchi va eng muhimidan boshlaymiz.

Quyida keltirilgan yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishing, shunda hech narsa esdan chiqmaydi.

Xo‘sh, "Prilojeniye Sistemniy UI ostanovleno" xatosini qanday to‘g‘rilaymiz.

Yon tomonda paneldagi Play Market ilova dukonini oching, u bir harakat bilan chiqib keladi,

“Moi prilojeniya i igri” bo‘limini tanlang.

  “Ustanovlennie” to‘plamida Google ilovasini toping (u avvallari Google Poisk sifatida tanilgan edi).

Menyu tugmasini bosing, u o‘ng tomonda yuqori burchakda poisk tugmasining yonida turibdi va “Avtoobnovleniye” qarshisidagi belgini olib tashlang.

 Endi yangilangan Google ilovasini o‘chirish lozim, buning uchun “Udalit obnovleniya”, klavishini bosasiz, u “Otkrit”ning oldida turibdi.

Endi tekshiramiz, yuqoridagi xato g‘oyib bo‘ldimi?

Agar muammo yo‘qolmagan bo‘lsa, garchi bunaqasi juda kam uchraydi, ikkinchi usulni qo‘llab ko‘ring.

O‘QING: Samsung Galaxy telefonida o‘chib ketgan aloqani tiklash mumkin?

“Nastroyki” ilovasini ishga tushiring.

 “Prilojeniya” bo‘limini oching.

Menyu tugmasini bosing, so‘ngra ro‘yxatdagi “Pokazatsya sistemnie prilojeniya  punktni tanlang.

Ro‘yxatdagi “Interfeys sistemi” ilovasini toping va xotira bo‘limidagi ma’lumotlarni va  keshni ham tozalang.

 

Endi tekshirib ko‘ring, xato yo‘qolmadimi?

Agar bu usul yordam bermagan bo‘lsa, u holda  boshqa chorani qo‘llaymiz.

Telefoningiz sozlamalarini dastlabki holatga qaytarishingiz kerak bo‘ladi, qurilmani zavod parametrlariga keltirasiz. Jarayonni tugatganingizdan keyin xotiradagi barcha shaxsiy ma’lumotlar o‘chib ketadi, shu bois har ehtimolga qarshi kerakli ma’lumotlarning qo‘shimcha nusxasini ham olib qo‘ying.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!