Prynt: smartfoningizni «polaroid»ga aylantiring! (+video)

  •   DiMaX
  •  1435
  •  30.10.2017 10:12

Prynt: smartfoningizni «polaroid»ga aylantiring! (+video)

Prynt qurilmasi Polaroid kompaniyasining afsonaviy fotoapparatlarini yodga olishga yordam beradi. Ya’ni, bu gadjet yordamida bir lahzadayoq smartfondagi fotosuratni chop etish mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Ushbu qurilma smartfonga USB Type-C tirqishi orqali ulanadi va qo‘shimcha quvvat talab etmaydi. Uning o‘ziga o‘rnatilgan akkumulyatorning quvvati 20 ta suratni chop etishga yetarli. Batareya microUSB orqali quvvat oladi.

Prynt bilan ishlay olishi uchun USB Type-C tirqishi smartfonning pastki qirrasi o‘rtasida bo‘lishi lozim. Muayyan modeldagi telefonning u bilan mosligini mana bu havola orqali qurilmaning rasmiy saytiga o‘tib, tekshirib ko‘rish mumkin.

Fotosuratlar maxsus kartochkalarga chop etiladi, ularda rasm xuddi bir zamonlardagi Polaroid fotoapparatlaridagi kabi, asta-sekinlik bilan paydo bo‘ladi. Kartochkalarni alohida xarid qilishga to‘g‘ri keladi, ular 10 donadan iborat to‘plam shaklida sotiladi.

Mana, Prynt’ning qanday ishlashi quyidagi videoda ko‘rsatib berilgan:

Prynt loyihasi Kickstarter’ga qo‘yilgan va u kerakli miqdordagi mablag‘ni deyarli to‘plab bo‘lgan. Mobil «polaroid»lar 2018 yilning aprelidayoq buyurtmachilarning qo‘lida borib yetadi. 10 ta kartochka bilan bitta jamlanmadagi Prynt 119 AQSh dollari narxida savdoga qo‘yilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!