Qanday qilib Android qurilmaga YouTube videolarini yuklab olish mumkin?

Qanday qilib Android qurilmaga YouTube videolarini yuklab olish mumkin?

Ma’lumki, Google kompaniyasiga tegishli YouTube xizmati jahondagi eng yirik videoxosting sanaladi. Biroq unda videolarni bevosita  yuklab olish funksiyasi yo‘lga qo‘yilmagan. Agar servisning veb-versiyasida videolarni yuklab olish oson bo‘lsa, Android qurilmalarda bu amalni bajarish biroz ter to‘kishni kerak bo‘ladi.

Albatta, Google Play resursida YouTube videolarini yuklab olishga mo‘ljallangan ilovani topish juda qiyin. Bunga sabab muallif kompaniya foydalanuvchining har video tomosha qilganda aynan videoxostingga kirishini maqsad qilganidir. Nimaga bundayligi keyinchalik batafsil yoritamiz. Hozir esa Android smartfonga YouTube videolarini yuklab olishni o‘rganamiz.

Android smartfonga YouTube xizmatidagi videolarni yuklab olish uchun turli ilovalardan foydalanish mumkin. Ilovalar, aksariyat hollarda, tashqi resurslarda (Google Play’da emas) joylashgan bo‘ladi. Misol uchun, Dentex blogi Android qurilmalarga YouTube videolarini yuklab olishga xizmat qiladigan “YouTube Downloader for Android” ilovasini ishlab chiqqan. Ilovadan foydalanish anchagina qulay. Ilova bir nechta tillarni, jumladan, rus tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

dentexf

Ilovada videolarni qidirish, yuklab olish formatini tanlash va deshbord (yuklangan videolar saqlanadigan tab) oynalari mavjud,  chap yuqori burchakda sozlamalar menyusi joylashtirilgan.

Dentex YouTube Downloader ilovasi yordamida videoxostingdagi videolarni turli formatlarda (eng past 3gp formatidan boshlab HD va undan yuqori aniqlik darajasida) yuklab olsa bo‘ladi. Masalan, trafikni tejash uchun videoni pastroq aniqlik darajasida yuklab olish mumkin (saqlab olinadigan video hajmi aks ettiriladi).

Eng qizig‘i, ilova yordamida videofaylni Mp3 formatida (ya’ni ovozli fayl sifatida) ham saqlash imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Yoki yuklab olingan videodagi audio tovushni alohida chiqarib olish ham mumkin.

Marhamat, savollar bo‘lsa bizga yozing. Yordam beramiz.

Ilovani saqlab olish uchun ushbu havolaga bosing! Omad!