Qanday qilib YouTube videolarini ko‘chirib olish mumkin?

Qanday qilib YouTube videolarini ko‘chirib olish mumkin?

Barchamiz YouTube orqali videolar ko‘rganmiz va bu videolarni ko‘chirib olgimiz keladi. Saytdagi videolar kesh orqali namoyish qilinganligi sababli, videolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi, maqolada bu kabi video saytlar(mover.uz, youtube.com)orqali videolarni ko‘chirib olish usullarini ko‘rsatib o‘taman. Misol tariqasida, albatta mashhur youtube.com saytini olaman, agar bu sayt haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, quyidagi maqolani o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.

Ko‘rsatiladigan usullar sinab ko‘rilgan va ishlaydi, demak kesh orqali namoyish etiladigan videolarni saqlab olish usullari bilan tanishing:

1. Saytlar orqali. Bu saytlar keshdan video fayllarni topadi va ko‘chirib olish uchun adres beradi. Misol uchun, Savefrom.net  sayti. Kerakli joyga, youtube’dan olingan adres yoziladi va «Download» tugmasi bosiladi, sizga ko‘chirish mumkin bo‘lgan formatlar beriladi.

youtube_down_1

Bu saytdan boshqa, yana quyidagi saytlar orqali ham YouTube videolarini yuklab olishingiz mumkin:

SaveYouTube.com;

Vixy.net;

keepvid.com.

2. Kompyuterga o‘rnatiladigan ma’lum bir dasturlar orqali. Eng mashxurlaridan biri bu, «DownloadMaster«. Bu usulning qulay tomoni shundaki, siz hech qanday onlayn xizmatlarga murojaat qilib o‘tirmaysiz, sayt adreslarini yodlab yurmaysiz. Bu dastur orqali flesh o‘yinlarni ham yuklab offline o‘ynashingiz mumkin. Bu dasturdan boshqa quyidagi dasturlarni ham ishlatishingiz mumkin:

VideoGet;

USDownloader;

Youtube Spider.

Yuqoridagi dasturlarni ishlatish muammo tug‘dirmasligi kerak.

3. Brauzerning turiga qarab, o‘z kengaytmasini(rasshireniya) o‘rnatgan holda. Kengaytma o‘rnatsangiz, saytning(youtube.com) o‘zida «download» yoki «skachat«degan tugmalar paydo bo‘ladi. Eng asosiysi o‘z brauzeringizga mos kengaytmani topib o‘rnatishdir. Quyidagi havola orqali brouzerlarga mos kengaytmalarni yuklab, ishlatishingiz mumkin. Dastlab, «install» degan tugma bosiladi va brauzerga mos kengaytma avtomat ko‘chiriladi. Agar, brauzer Chrome bo‘lsa, kengaytmalar turadigan joy ochilib(Menyu-> Dopolnitelnie instrumenti->Rasshireniya), ko‘chirib olingan fayl shu joyga tashlanadi va kengaytma o‘rnatilib, ishlatish mumkin bo‘ladi.

youtube_down_3

Undan so‘ng, Youtube.com saytini ochsangiz pastda «skachat«tugmasi paydo bo‘ladi. Bu kengaytmani qolgan brauzerlarda ham shu tariqa ishlatish mumkin.

youtube_down_2

4. Maxsus «ss» kalit simvol orqali. Kerakli video topiladi va uning adres qismiga maxsus «ss» simvoli qo‘shiladi, ya’ni

youtube_down_4

Ko‘rib turganingizdek, eng sodda usuli shu hisoblanadi, savefrom.net saytiga o‘tib ketadi va avtomat ko‘chirib olish uchun havola beradi.

5. Brauzerning kesh xotirasi saqlanadigan adres orqali. Dastlab, kerakli videoni boshidan oxirigacha ko‘rib chiqasiz, bu video brauzer ajratgan maxsus papkada saqlanadi(tushunarsiz format va nomda), so‘ng maxsus dasturlar orqali shu fayllarni yig‘ib, video ko‘rinishiga olib kelasiz. Juda chigal usul. Brauzer turiga qarab kesh fayllar har xil joyda saqlanishi mumkin. Misol uchun, Chrome brauzeri kesh adresi:

C:\Users\User_Name\AppData\Local\Google\Chrome\User Data\Default\Cache

So‘ng VideoCacheView dasturi orqali kesh fayllarni yig‘ib, video fayl ko‘rinishida saqlashingiz mumkin.

youtube_down_5

Dasturni ishlatish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Agar kesh videolarini ko‘chirib olishni yana biror qiziqroq turi bo‘lsa, kommentariyada qoldiring, to‘liq bo‘lishi uchun maqolaga qo‘shib qo‘yaman.

Manba: ITportal.uz