Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!

  •   DiMaX
  •  2882
  •  23.04.2018 18:11

Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!

Bugungi kunda eng talabgir kasblardan biri dasturchilik ekanidan xabaringiz bor. Dasturlash asoslarini o‘rganish uchun O‘zbekistonda ham ko‘plab o‘quv markazlari mavjud, shuningdek, bu borada ko‘p bilimlarni onlayn kurslar orqali yoki maxsus dasturlar yordamida ham egallash mumkin.

O‘QING: O‘zi talaba. Yana talaba-dasturchilarga 4 million so‘mdan oylik beradi

Qidiruv giganti sifatida ko‘proq tanilgan Google kompaniyasi esa, dasturlash asoslarini o‘rganishga hech qachon kech emas, degan qarorga keldi va buni osonlashtirish uchun Grasshopper ilovasini taqdim etdi. Mazkur mobil dastur JavaScript bo‘yicha boshlang‘ich kursni o‘yin tarzida taqdim etadi. Va quvonarlisi – ushbu ilova mutlaqo bepul bo‘lib, hoziroq uni mana bu havola orqali Google Play katalogidan yuklab olishingiz mumkin!

Grasshopper ishlab chiquvchilarining ta’kidlashlaricha, ular imkon qadar oddiy va qulay ilova yaratish maqsadi bilan bu dasturni tayyorlashgan. Katta yoshlilarning aksariyati aynan vaqti yetarli emasligi bois dasturlashni o‘rganishdan cho‘chishadi. Yangi ilova – ta’limiy o‘yin bilan ishlashda esa kishi o‘zini unga butkul bag‘ishlashi ham talab etilmaydi, deydi Google’ning mazkur mahsulot bo‘yicha menejeri Laura Xolms.

Ushbu ilova boshqotirmalar formatida ishlangan, ular orasidagi viktorinalarda esa ta’lim natijalarini mustahkamlash mumkin. Grasshopper foydalanuvchilari dasturchilik asoslarini istalgan vaqt va xohlagan joyda o‘rganib ketaverishlari mumkin.

O‘QING: Master Android – mobil ilovalar yasashni o‘rgatuvchi ilova!

Tabiiyki, Grasshopper bir kechadayoq sizdan dasturchi yasab bermaydi. Ammo u orqali shu faoliyat turi haqida yetarlicha tasavvur olishga, o‘rganishni boshlashga ko‘maklashadi. Yetarlicha harakat qilib, unda bir necha mashg‘ulot o‘tkazsangiz, siz soha atamalarini bilib olasiz, kodlarning qanday to‘g‘ri yozilishini o‘rganasiz va o‘zingiz biror yangi kod yoza oladigan bo‘lasiz.

Ushbu ta’limiy o‘yin Android 5.0 va undan keyingi talqinlardagi operatsion tizim boshqaruvi ostidagi qurilmalarda ishlaydi. Agarda qiziqsangiz, marhamat – ushbu havola orqali uni smartfoningizga o‘rnatib oling, ishlatib ko‘ring, o‘rganing...

O‘QING: Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova + bonus!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!