Qashqadaryo viloyatining ikki shahrida Beeline‘ning yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Qashqadaryo viloyatining ikki shahrida Beeline‘ning yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Beeline Qashqadaryo viloyatida aloqa mavjudligi doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilgani haqida xabar beradi.

Tarmoq infratuzilmasining yangi ob’yektlari Qarshi va Chirchiq shaharlarida aloqa sifatini yaxshilash va 3G tarmog‘ining qamrov zonasini kengaytirish imkonini berdi. Ushbu shaharlarda 300 mingga yaqin kishi yashaydi. Ushbu kengaytirish ovozli xizmatlarning sifatini yaxshilash bilan birga, ma’lumotlarni uzatish tezligini ham oshiradi, deb xabar bermoqda Beeline.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning boshidan kompaniya turli xil texnologiyalardan foydalangan holda (2G, 3G, 4G)1200 dan ortiq tayanch stansiyalarini qurgan.