Qattiq disklar arzonlashadi

Qattiq disklar arzonlashadi

Magnit plastinali an’anaviy qattiq disklar o‘tmishga aylanadi. Ularni flesh-xotiralar siqib chiqaradi. Flesh-xotira qurilmalari ishonchli, ma’lumotni tez o‘qiydi va yozadi.

Axborot texnologiyalari sohasi ekspertlari ikki yil orasida bu amalga oshishini taxmin etishmoqda. SSD disklar narxi oddiy vinchesterga tenglashadi. DRAMeXchange ekspertlari fikricha, SSD disk narxi uch yil davomida pastlaydi. 2017 yilga borib flesh-xotiraning 1 gigabayti qattiq disknikidan 11 sentga qimmat bo‘ladi va foydalanuvchi tez, ishonchli, ovozi past va energiya tejaydigan vositani tanlaydi.

Ekspertlar 2017 yilga borib 1 terabaytli SSD disk narxi 170 dollar bo‘lishini aytishmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.