"Qaysi yaxshi, Xiaomi Mi A1'mi yoki Xiaomi Mi5X?"

Xiaomi Mi A1 hamda Xiaomi Mi5X — bir qarashda bir tomchi suvdek o‘xshash smartfonlar. Modellar o‘rtasidagi bunaqa o‘xshashlik kamdan kam bo‘ladi. Xiaomi'ning hamyonbop smartfonlari orasida bu ikkalasi ayni kunda jahonda ham yaxshi sotilmoqda.

Mi5X va uning xalqaro talqini hisoblangan Mi A1 talqini ko‘pchilikda shunday savol tug‘dirmoqda: "qaysi birini olsam bo‘ladi?". Bizning tahririyatga ham bu borada ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Gap shundaki, bu yerda texnik jihatdan parametrlar bir xil bo‘lsa ham,

Xiaomi Mi A1'dagi dasturiy ta’minotni shaxsan Google'ning o‘zi mas’ul va buning uchun Android One, ya’ni eng so‘nggi operatsion tizim yaratiladi. Mi5X uchun esa ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan MIUI "proshivkasi" ishlab chiqariladi.

Fikrimizni yanada aniqroq ifoda qilamiz: 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida Xiaomi taqdim qilgan Xiaomi Mi 5x hamda Xiaomi Mi A1 smartfonlari o‘rtasidagi yagona farq — Xiaomi Mi A1 Google amalga oshiradigan Android One loyihasiga kiritilgan. Ya’ni, bu mobil qurilmasining operatsion tizimi bir necha tillarni, jumladan yurtimiz smartfon foydalanuvchilari uchun qulay bo‘lgan rus tilini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi 5x operatsion tizimi esa Xiaomi tomonidan ishlab chiqariladi va rasman ingliz hamda xitoy tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu taxlit, Mi 5x asosan ichki bozor uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun arzon va uni Xitoydan xarid qilish mumkin.

Shu bilan birga, Mi 5x'ga ham Xiaomi Mi A1 kabi xalqaro talqindagi operatsion tizimni o‘rnatish mumkin.

Kamera imkoniyatlari:

Agar siz ingliz tilida ham smartfondan bemalol foydalana olsangiz, Xiaomi Mi 5x sizga maqbul keladi. Biroq, rus tilida smartfondan foydalanish qulay bo‘lsa, Xiaomi Mi A1 xarid qiling.

Kelajakda, ehtimol Mi 5x uchun ham rasman xalqaro talqindagi tizim taqdim qilinishi kutilmoqda.

Umuman olganda, har ikkala smartfona yaxshi va yirik ekran hamda sifatli fotosurat olishni xush ko‘rgan foydalanuvchilar uchun ayni muddao. Qolgan jihatlar bilan quyidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.

Nomi

 

Xiaomi Mi A1

 

Xiaomi Mi5X

Narx-navosi

2 130 000

2 130 000

Reyting

5.0

5.0

Brend

Xiaomi

Xiaomi

Devays turi

Smartfon

Smartfon

 

Taqdim etilgan vaqti

5 sentyabr, 2017 yil

26 iyul, 2017 yil

 

Barmoq izi skaneri

bor, orqa panelda joylashgan

bor, orqa panelda joylashgan

Aloqa tarmog‘i

GSM 850/900/1800/1900, 4G LTE

GSM 850/900/1800/1900, 4G LTE

 

SIM-karta

Nano SIM + Nano SIM

Nano SIM + Nano SIM

 

Displey diagonali

 

5.5 dyuym

5.5 dyuym

 

Piksellar sig‘imi

Full HD, 1920×1080 pikselli, 403 ppi

Full HD, 1920×1080 pikselli, 403 ppi

 

Ekran matritsasining turi

IPS, LTPS

IPS, LTPS

 

Ekranning himoya shishasi

Pishiq shisha

Pishiq shisha

Protsessor platformasi

 

Qualcomm Snapdragon 625

Qualcomm Snapdragon 625

 

Protsessorning yadrosi

8 yadroli, Cortex A53

8 yadroli, Cortex A53

Chipning chastota tezligi

2.0 GGs, 64 bit

2.0 GGs, 64 bit

 

Video-karta

Adreno 506 GPU

Adreno 506 GPU

 

Operatsion tizim

Android One (toza Android),

Android 7.1.2

 

Android 7.0 Nougat’ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini

 

Tezkor xotira

 

4 Gb

4 Gb

 

Doimiy xotira

64 Gb

64 Gb

 

Xotirani kattalashtirish uchun bo‘lmacha (microSD)

Bor

 

Bor  

Kamera:

Bosh kamera

 

12 Mp + 12 Mp

12 Mp + 12 Mp

 

Video tasvir sig‘imi

4K 30 fps, 1080/720p 30 fps, 720p 120 fps

4K 30 fps, 1080/720p 30 fps, 720p 120 fps

 

Bosh kamera imkoniyatlari

Bosh sensor: piksel o‘lchami – 1.25 mkm; apertura – f/2.2; Optik zum; PDAF.

 

Ikkinchi sensor aperturasi f/2.6, piksel sig‘imi 1.0 mkm.

Bosh sensor: piksel o‘lchami – 1.25 mkm; apertura – f/2.2; Optik zum; PDAF.

 

Ikkinchi sensor aperturasi f/2.6, piksel sig‘imi 1.0 mkm.

Old kamera

5 Mp, 1080p

5 Mp, 1080p

 

Interfeys:

Bluetooth

4.2 BLE

 

4.2 BLE

Wi-Fi

802.11 a/b/g/n, 2.4 GGs va 5 GGs

802.11 a/b/g/n, 2.4 GGs va 5 GGs

 

Navigatsiya

GPS, A-GPS, GLONASS

GPS, A-GPS, GLONASS

 

NFC

Yo‘q

Yo‘q

 

FM-modul

Yo‘q

Yo‘q

Audio

3.5 mm

3.5 mm

 

Old panelda  LED indikator chirog‘i

Bor

Yo‘q

Quvvatlash porti

USB Type-C

USB Type-C

 

Akkumulyator

 

3080 mA soat

3080 mA soat

 

Quvvat olish tezkorligi

5V/2A

5V/2A

 

Batareya turi

Li-Pol

Li-Pol

 

Korpus materiali

 

metall, alyuminiy

metall, alyuminiy

 

Korpus himoyasi

Yo‘q

 

Yo‘q

O‘lchamlari

155.4×75.8×7.3 mm

155.4×75.8×7.3 mm

 

Vazni

168 gramm

165 gramm

 

Rangi

qora, tilla, och-pushti

qora, tilla, och-pushti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!