Qidiruv tizimlari(Yandex, Google)ning qo‘shimcha funksiyalari

Qidiruv tizimlari(Yandex, Google)ning qo‘shimcha funksiyalari

Google va Yandex qidiruv tizimlari, qidirishdan tashqari boshqa ishlarni ham amalga oshirar ekan. Boshqa ishlar deganda qo‘shimcha xizmatlar nazarda tutilmoqda. Agar shu ikki qidiruv tizimini yaxshilab o‘rganib olsangiz, boshqa qidiruv tizimlarining keragi ham bo‘lmay qoladi, nafaqat qidiruv tizimlarini balki, kalkulyator, lug‘at, soat va hakazolar.

Demak qidiruv tizimlari(Google, Yandex)ning qo‘shimcha funksiyalari bilan tanishamiz.

1. Kalkulyator. Istalgan matematik amalni qidiruv tizimlari(Google, Yandex) orqali hisoblash mumkin ekan. Qidiruv joyiga kerakli matematik ifodani yozasiz va Enter tugmasini bossangiz sizga, matamatik ifodani natijasini ko‘rsatib beradi, hattoki, keyingi amallarni hisoblash uchun chiroyli kalkulyator ham chiqaradi. Misol ko‘ramiz, 125+45-100 ifodani Google’ga yozamiz va natijani ko‘ramiz:

google_yandex__1

Bu amalni Yandex.ru saytiga ham yozib, natijani ko‘ramiz:

google_yandex__2

Xo‘sh kalkulyatorlar yoqdimi?

2. Konverter. Google va Yandex qidiruv tizimlari bir kattalikdan ikkinchisiga o‘tkazishni amalga oshirib beradi, faqat to‘g‘ri yozish lozim. Misol ko‘ramiz, Google’ga «150 dyuymov v sm» yozuvini kiritamiz va natijani ko‘ramiz.

google_yandex__3

Xuddu shu yozuvni, Yandex’ga ham kiritamiz.

google_yandex__4

3. Tarjimon funksiyasi. Agar sizda internet mavjud bo‘lsa, so‘zlarni tarjima qilish uchun, sizga qandaydir lug‘at yoki dastur kerak bo‘lmaydi, hattoki tarjimon sayt ham kerak emas, hammasi yuqorida aytib o‘tilgan ikki qidiruv tizimida mavjud. Yandex tizimida kerakli so‘zni «perevod» so‘zi orqali kiritsangiz, kiritgan so‘zingizning tarjimasini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi, misol «clean perevod«:

google_yandex__5

Yendi, biror noaniq so‘zni Google’ga «opredeleniye» so‘zi bilan kiritamiz va u haqida ma’lumot olamiz, misol «logika opredeleniye«

google_yandex__6

4. Vaqtni bilish. Yana bir funksiya, siz yashayotgan joyning aniq vaqtini bilish. Uning uchun Yandex qidiruv tizimiga «vremya«degan so‘zni kiriting va aniq vaqtni biling(Google’da chiqmadi).

google_yandex__7

5. IP adresingizni bilish. Bu ham Yandex’da ishlaydi. Qidiruv joyiga «Moy aypi» deb yozasiz va o‘z IP adresingizni bilib olasiz.

Hammasi yaxshi lekin shu xizmatlarning o‘zbek tilidagisi yo‘q. Tez orada bo‘lishini kutib qolamiz.

Manba: ITportal.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.