Qora marvarid rangli Samsung Galaxy S7 Edge 128 GB xotiraga ega bo‘ladi

Qora marvarid rangli Samsung Galaxy S7 Edge 128 GB xotiraga ega bo‘ladi

Bundan ikki haftacha oldin Samsung kompaniyasi qora rangli yaltiroq Galaxy S7 modelinin sotuvga chiqarishi haqida saytimizda xabar bergan edik. Kuni kecha esa Samsung bilan aloqador yangiliklarni yoritadigan Sammobile nashrida berilgan xabarga ko‘ra, Janubiy Koreya texnologiya giganti  qora marvarid (Black Pearl) rangli 128 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan Galaxy S7 Edge versiyasini tayyorlagan. Mazkur versiya ertadan boshlab Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.

Samsung Galaxy S7 Edge, bundan tashqari, White Pearl, Black Onyx, Gold Platinum, Silver Titanium, Blue Coral va Pink Gold ranglarida ham sotuvga chiqarilgan.

Shubhasiz, mazkur versiya shu yilning sentyabr oyida namoyish etilgan iPhone 7 Jet Black (qora oniks) rangidagi smartfonga qarshi o‘ziga xos javob hisoblanadi.