Qozog‘istonda GPS-navigatorli bolalar kiyimlari ishlab chiqarilmoqda

Qozog‘istonda GPS-navigatorli bolalar kiyimlari ishlab chiqarilmoqda

GPS-navigatorli kiyimlar ishlab chiqarish loyihasi hozircha Qozog‘istonning Olmata viloyatida yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «24 KZ» nashri xabar tarqatmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, har yili mamlakatda 500 nafar kishi izsiz g‘oyib bo‘lmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda bolalarni yo‘qolib qolishi tez-tez kuzatilmoqda.

Ayni shu kabi holatni olish, odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida Olmata shahridagi tadbirkorlardan biri ushbu tashabbus bilan chiqqan.

Su’iy yo‘ldoshli kuzatish texnologiyasi bilan ta’minlanayotgan kiyim fabrikasida ayni vaqtda 15 nafar xodim ishlamoqda. Bu yerda har yili 2 mingtagacha kiyim-kechak ishlab chiqarilmoqda.
Bolalar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan kiyimlardan qo‘l telefonlari yordamida oson foydalanish mumkin.

Xalqaro tajribada esa bunday hi-tech kiyimlardan autizm bilan og‘rigan kishilarning hayotini himoya qilish maqsadida ham foydalaniladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!