Qualcomm Galaxy X'ning taqdiriga oydinlik kiritdi

Qualcomm Galaxy X'ning taqdiriga oydinlik kiritdi

So‘nggi bir necha yillardan buyon Samsung Galaxy X deb nom olgan sirli smartfon haqida turli mish-mish va xabarlar yuribdi. Qayishqoq displeyga ega bo‘lishi kutilgan mazkur mobil aloqa vositasiga oid xabarlar shu vaqtga qadar hammaning diqqatini tortib kelayotgan edi. Egiluvchan ekranga ega bo‘lishi aytib kelingan bu devays jihatlariga ko‘ra har qanday smartfonni ortda qoldirishi ma’lum qilingan. Hatto Samsung korporatsiyasining mobil qurilmalar bo‘yicha rahbari Dj Koh ham bu devays albatta ishlab chiqarilishini aytgan edi.

Biroq, kuni kesa Qualcomm kompaniyasining top-menejeri Salman Said jurnalistlarga bergan intervyusida "Samsung Galaxy X" yoki dipleyi bukiladigan biror bir devaysni ishlab chiqarilishini rad etdi. Uning fikrlariga ko‘ra, bugungi texnologiya bir necha ming marotaba bukiladigan va qayta o‘z holiga keladigan OLED-ekran yaratish uchun yetarli darajada rivojlanmagan.

Qualcomm kompaniyasining eng qimmat muhandislaridan biri bo‘lgan hamda IT-sanoatining yetakchi mutaxassislaridan hisoblangan Salman Saidning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda hech qaysi ishlab chiqaruvchi, xususan Samsung kompaniyasida ham buklanuvchi ekran matritsasi mavjud emas. Uning prototiplari yoki xomaki namunalari mavjud. Biroq, ular ishlab chiqarish uchun yaroqsiz. Muhandislar bugun buklaganda sinmaydigan OLED ekranlarni ishlab chiqarishlari zarur.

Shu bilan birga, qayishqoq AMOLED-ekranlarning tranzistorlari ham muammoli masala. Boisi, bunday ekranlardagi piksellarning quvvati uchun tranzistorlar javobgar bo‘ladi.

Mana shu muammolar bois ham Samsung Galaxy X yoki uning biror muqobili hozircha ishlab chiqarilmagan. Ekspertning qayd etishicha, koreyalik ishlab chiqaruvchi ushbu qurilmani ishlab chiqaradigan bo‘lsa, boshqacha yondashuvdan borishi mumkin. Ya’ni, bunda gadjet ikkita alohida hamda romdan xoli ekranlar birikmasidan tarkib topgan bo‘ladi. Bu ekranlar o‘rtasidan buklanadi va tasvirni yaxlit yoki alohida namoyish qiladi. Bunday konstruksiyani ishlab chiqarish qayishqoq OLED-ekran ishlab chiqarishdan ancha osonroq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!