Quick Charge 4.0+ taqdim etildi: smartfon “zaryad” tashvishidan xalos bo‘ldi

Quick Charge 4.0+ taqdim etildi: smartfon “zaryad” tashvishidan xalos bo‘ldi

Amerikaning Qualcomm kompaniyasi Quick Charge 4.0 mobil quvvatlash texnologiyasining yanada ilg‘or talqini bo‘lgan Quick Charge 4.0+ talqinini taqdim qildi. Bu talqin elektr tokini qabul qilishda avvalgiga nisbatan 30% ga samaraliroq.

O‘ziga xosliklari
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Quick Charge 4+ texnologiyasi yordamida elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan batareya 25 minutda o‘z quvvatini 50 foizga to‘ldirib oladi.

3 omil yangi tizimning samaradorligiga ta’sir qiladi:

Quick Charge 4.0+.png

Birinchidan — Dual Charge texnologiyasi bo‘lib, u elektr toki oqimini ikkiga bo‘lib qabul qiladi. Shu tufayli batareyaning quvvatlash chog‘idagi qizib ketishining oldi olinadi, shu bilan birga quvvat olish tezligi 15 foizga oshadi.

Ikkinchi omil — haroratni “aqlli taqsimlash” texnologiyasi quvvat olish chog‘ida smartfonning, akkumulyatorning hamda quvvatlash qurilmasining qizib ketishini kamaytiradi.

Uchinchi omil — apparat xavfsizligining yangi nazorat tizimi bo‘lib, Quick Charge 4+ gadjet ichidagi harorat o‘zgarishini, jumladan korpus qizishini, USB-portidagi darajani kuzatib-o‘rganib boradi. Bu tizim kelib chiqishi mumkin bo‘lgan elektr toki tutashuvlarini yoki smartfondagi muhim qismlarning kuyib qolishining oldini oladi.

Quick Charge 4.0+ texnologiyasiga ega bo‘lgan jahondagi ilk smartfon kechagina — 1 iyunda taqdim qilingan ZTE Nubia Z17 smartfoni bo‘ldi. Tez orada bu texnologiyaga ega gadjetlar
safi kengayadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!