Raqobatchilarimiz tashvishlanayotgan bo'lishsa ajabmas! - Durov

Raqobatchilarimiz tashvishlanayotgan bo'lishsa ajabmas! - Durov

Telegram ishga tushirilganidan beri Pavel Durov uni birinchilikka olib chiqishga harakat qiladi va ehtimol, bunga oz qoldi. Ma'lum bo'lishicha, Telegram messenjerlar bozorida allaqachon ikkinchi o'ringa chiqib olgan.

Pavel Durov o'zining Telegram kanalida Fortune jurnalidan olingan ma'lumotlarni ulashdi. Unga ko'ra, Telegram Meta kompaniyasining Facebook Messenger ilovasidan o'zib ketib, messenjerlar bozoridagi ikkinchi raqam o'ringa chiqib olgan.

"So'nggi 5 yilda, Telegram Facebook Messenger'ni ortda qoldirib, eng mashhur bulutli xabar almashish ilovasiga aylandi. Endi Telegram faqat WhatsApp'dan keyingi ikkinchi o'rinda turadi va oradagi bo'shliq yildan yilga yopilmoqda. Raqobatchilarimiz tashvishlanayotgan bo'lishsa ajabmas!", – deydi Durov.

Apptopia ma'lumotlariga asoslanib tayyorlangan diagrammaga qaraydigan bo'lsak, 2022-yil dekabr oyi holatiga ko'ra, Telegram messenjerlar bozorida 31% ulushga ega. Meta kompaniyasining ikki xizmatlari: Facebook Messenger va WhatsApp esa mos ravishda 21% va 44% ulush bilan bozorni egallab turibdi. Shuningdek, diagrammaning eng pastida 3% bozor ulushi bilan Signal messenjeri ham bor ekanligini ko'rishimiz mumkin.

O'QING: Endi Instagram'da "galochka" olish va "rekka chiqish" uchun pulli obunaga ega bo‘lsangiz bas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!