RASMAN: Galaxy Note 8’ning global savdosi boshlandi

  •   DiMaX
  •  1957
  •  15.09.2017 15:07

RASMAN: Galaxy Note 8’ning global savdosi boshlandi

Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining yangi flagmani – Galaxy Note 8 smartfonini xalqaro ko‘lamda sotishni boshladi. Bu to‘g‘ridagi ma’lumot kompaniya saytida rasman e’lon qilindi.

Ushbu model bugungi kundan – 15 sentyabrdan e’tiboran dunyoning 42 ta mamlakatida savdoga chiqarildi. Jumladan, AQSh, Kanada, Singapur, Koreya hamda Yevropa mamlakatlarida Galaxy Note 8 fabletining sotuvi boshlandi.

Samsung Galaxy Note 8 korpusi tusiga ko‘ra besh xil – qora, tillarang, siren-kul rang, ko‘k va pushti ranglarda chiqarilmoqda. Ammo hozircha ularning barchasiga ham buyurtma berib bo‘lmaydi, bu omil hududga va yetkazib beruvchiga bog‘liq.

Note 8 jamlanmasi va narxlari ham turlicha: AQShda u jamlanmada Gear 360 kamerasi yoki 128 gigabaytlik xotira kartochkasi va simsiz quvvatlash qurilmasi bilan birga, uyali aloqa operatori bilan shartnomasiz holda 929,99 dollar turadi. Yevropada esa bu fablet hamda Samsung DeX dok-stansiyasi jamlanmasiga 999 yevro miqdorida narx belgilangan.

Rossiyada Samsung Galaxy Note 8 savdosi rasman 22 sentyabrda boshlanadi, uning tavsiya etilgan narxi 69 990 rubl bo‘ladi. Hozirda unga oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Buyurtma uchun to‘lov amalga oshirilganida xaridor Samsung DeX dok-stansiyasini sovg‘a sifatida oladi.

O‘zbekistonda esa hozircha Samsung Galaxy Note 8 savdosi boshlangani yo‘q. Bu borada yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib turish uchun bizdan uzoqlashmang.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.