Rasmiy: Rossiyada LG G6’ga buyurtma qabul qilish boshlandi

Rasmiy: Rossiyada LG G6’ga buyurtma qabul qilish boshlandi

LG G6 flagmani MWC 2017 xalqaro anjumanida mart oyining boshida taqdim qilingan edi. Ayni paytda rossiyalik dilerlar tomonidan LG G6 smartfoniga buyurtmalar qabul qilishni boshlab yuborishdi.

Rossiyaliklarga Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydigan smartfonning oq, qora va kumush rangli talqinlari yetkazib beriladi. Uning rasmiy bahosi 51 990 rubl, ya’ni 915 AQSh dollarini tashkil qiladi. LG G6 Yevropa bozorida 813 AQSh dollaridan savdoga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Avval ma’lum qilinganidek, 5.7 dyuymli LG G6’ning eng yuqori talqini faqat AQSh va Kanada davlatlarida sotiladi. Uning oddiy talqindan yagona farqi – simsiz quvvat olish moduliga egaligidir. Osiyo va Yevropa bozorlariga LG G6’ning raqam-analog ovoz tarjimoni, ya’ni Hi-Fi Quad DAC qurilmasi o‘rnatilgan talqini sotiladi. Ya’ni, bu qurilma smartfonning ovoz imkoniyatlarini oshiradi.

Flagmanga 4 GB tezkor va 64 GB UFS 2.0 texnologiyasiga ega, ya’ni ma’lumot almashish jarayoni hozirgi an’anaviy fleshkalardan 5 barobar tezkor bo‘lgan doimiy xotira o‘rnatiladi. 3300 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatorni Quick Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvatlash mumkin. LG G6 5,7 dyuymli, QHD+ (1440 x 2880 pikselli) sig‘imli FullVision displeyga, 120 gradus burchak ostida surat oluvchi 13 megapikselli 2 ta ob’yektivdan iborat bosh kameraga, 2016 yilning ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821 protsessoriga ega.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.