Razer Blade 4K UHD displeyga ega bo‘ldi

Razer Blade 4K UHD displeyga ega bo‘ldi

Razer, o‘yin o‘ynashga ixtisoslashgan jahonning taniqli noutbuk brendi o‘zining ommalashib ulgurgan Razer Blade o‘yinlar laptopini yanada takomillashtirdi. Jumladan, mazkur noutbuk Intel kompaniyasining eng so‘nggi ilg‘or Kaby Lake protsessorlari bilan ta’minlandi. “Core i7-7700HQ Kaby Lake” deb nom olgan mazkur “elektron yurak”ning chastota tezligi 2.8 Ggs. Protsessor 16 GB tezkor xotira, 6 GB sig‘imli Nvidia GTX 1060 grafik-tasvirga mas’ul qo‘shimcha tezkor xotira, 256 GB/ 512 GB doimiy ichki xotira hamda 1 TB.gacha qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan ta’minlangan.

Razer Blade 14 dyuymli full-HD (piksel sig‘imi 1920×1800 belgi) ekranga ega bo‘ldi. Gadjet Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan va foydalanuvchilar uning yordamida FL Studio 12 professional musiqiy studiyasini bepul yuklab olishlari mumkin.

Yangi Razer Blade bitta USB Type-C Thunderbolt 3, uchta USB 3.0, shuningdek, HDMI 2.0 video va audio portiga, 3.5 mm quloqchin konnektoriga ega. Noutbuk 1.86 kg tosh bosadi. Uning o‘lchamlari: 345x235x17.9 mm.
Razer kompaniyasi mazkur yangi talqindagi noutbukni avvalgisidan $100 qimmatga, ya’ni $1,899 dollardan sotmoqda. Noutbuk mart oyidan boshlab xalqaro bozorda sotuvga chiqariladi.

Razer, shuningdek noutbukning 4K UHD (piksel sig‘imi 3840×2160 belgi) tachskrin talqinini ham ishlab chiqarmoqda. Mazkur talqindagi noutbuk 1.95 kg vaznga ega. Uning 4K UHD versiyasi 2017 yilning ikkinchi choragida $2,399 dollardan sotuvga chiqadi. Bu talqinda 512 GB ichki xotira va 1 TB qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydigan tizim o‘rnatilgan.

Razer — professional o‘yin qurilmalarini ishlab chiqaruvchi firmaga 1998 yilda AQShda asos solingan. Ayni kunda Razer kompyuter uchun sichqoncha, klaviatura, naushnik, o‘yin tizimlari ishlab chiqarmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.