Redmi 4X’ning “jilosiz qora” talqini Xitoyda talash bo‘lmoqda

Redmi 4X’ning “jilosiz qora” talqini Xitoyda talash bo‘lmoqda

Shu yilning fevral oyida $145 dollardan sotuvga chiqarilgan Redmi 4X’ning ilk partiyasi bir necha soniyalar ichida sotilib ketgan edi. Redmi Note 4’ning qayta ishlangan va takomillashgan talqini bo‘lgan ushbu mobil aloqa vositasining Matte Black, ya’ni jilosiz qora talqini Xitoyda sotuvga chiqarildi. Devaysning 2017 yilning eng arzon va kuchli hamyonbop smartfoni bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi Xitoyda 100 AQSh dollaridan sotayotgan bu talqin xitoyliklar orasida chinakamiga e’tibor qozonib, brendning ushbu talqindagi smartfoniga katta ehtiyoj kelib chiqdi. Redmi 4X Xiaomi kompaniyasi smartfonlari orasida eng hamyonbopi bo‘ldi, deyish mumkin.

Xiaomi Redmi 4X’ga 8 yadroli Snapdragon 625 protsessori, ekran diagonali 5,5 dyuymli, Full HD displey, 2 GB operativ hamda 16 Gb doimiy xotira, shuningdek 3 Gb operativ va 32 GB doimiy xotira talqiniga ega. Smartfon 13 megapikselli bosh va 5 MP old kamera va barmoq izlari skaneri, elektr sig‘imi 4100 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan. Gadjetdagi microSD bo‘lmachasi 128 Gb.gacha bo‘lgan fleshkalarni o‘qiydi.
Aloqaning an’anaviy va zamonaviy 4G LTE tarmog‘ida ishlaydigan smartfon korpusi alyuminiydan tayyorlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.