Redmi 5 va Redmi 5 Plus trenddagi ilk super-hamyonboplar bo‘lishadi

Redmi 5 va Redmi 5 Plus trenddagi ilk super-hamyonboplar bo‘lishadi

Zamonaviy trendga asoslangan 18:9 standartli ekranga ega arzon smartfonlar davri keldi. Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus ilk mana shunday hamyonbop gadjetlardan bo‘ladi.

Metall korpusli Xiaomi Redmi 5 smartfoni orqa panelda barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Uning quyi qismidan micro USB konnektori, audio karnaylar, tom qismidan esa 3.5 mm.li audio tuynuk o‘rin egallaydi. Smartfon o‘lchami: 151.8 x 72.8 x 7.7 mm, vazni 157 gramm.

Gadjet 5.7 dyuymli ekranning piksel sig‘imi 1440 x 720 belgiga teng bo‘ladi. Xiaomi Redmi 5 platformasida Snapdragon 450 chipi, 3/4 gigabaytli tezkor xotira, 32/64 GB doimiy xotira, 128 gigabaytgacha bo‘lgan fleshkani qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lmacha mavjud bo‘ladi. Xiaomi Redmi 5 kuch-quvvati uchun 3000 mA soat sig‘imli akkumulyator mas’ul bo‘ladi.

Smartfon 12 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi. 2 ta sim-kartali mobil telefon Android 7.1.2'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Xiaomi Redmi 5 Plus telefoni esa 5.99 dyuymli Full HD+ ( 2160x1080 pikselli) ekranga ega bo‘ladi. Undagi 8 yadroli protsessor chastota tezligi 2.0 Ggs. Smartfonda 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira bo‘ladi. Xiaomi Redmi 5 Plus kuch-quvvati uchun 4000 mA soat sig‘imli akkumulyator mas’ul bo‘ladi. Smartfon Android 7.1.2'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqinida ishlaydi.

Tasvirga olish uchun 12 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera mas’ul.

7 dekabrda taqdim qilinishi kutilayotgan Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus tilla rang, qora, och ko‘k rangdagi korpuslarda sotuvga chiqariladi. Ularning 150 AQSh dollari atrofida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.