Redmi 6 – "Malika"dagi "yangi mehmon"

Redmi 6 –

Redmi 6 – Xiaomi kompaniyasining yana bir hamyonbop devaysi endi yurtimiz smartfon bozorlarida ham sotilmoqda. Xitoyning o‘zida kompaniya tomonidan $150 dollarga baholangan devays o‘z narxini jihatlari bilan to‘liq oqlaydi. Quyida Xiaomi Redmi 6 modelini sinchiklab o‘rganamiz.


Darvoqe, Redmi 6 qadog‘i soddagina va uning ichida ortiqcha biror aksessuar yo‘q.

Dizayn
Dizayn masalasida Redmi 6 modeli Xiaomi ishlab chiqarayotgan yangi avlod arzon smartfonlariga o‘xshab ketadi: cho‘zinchoq, ya’ni 18:9 o‘lchamli displeyga ega devaysning bosh kamerasi qo‘sh sensordan iborat.

Korpusning plastikdan ishlangani unchalik ham diqqatni tortmaydi va foydalanuvchining e’tiborini ekranning sifatli namoyishi tortadi.

Devays fasadi Xiaomi Redmi 5 gadjetini eslatsa, kameralar joylashuvi Xiaomi Mi A1 modelidan olingan. Mana sizga tayyor dizayn konsepsiyasi.

Bu galgi korpus "to‘lishgan". Ya’ni, Redmi 5 modelining korpusi 7,7 mm bo‘lgan bo‘lsa, Redmi 6 korpusi 8,3 mm qalinlikda.


Ekran yuqorisida old kamera moduli o‘rnatilgan. Shuningdek, bu yerda mitti LED chirog‘i bo‘lib, smartfon turli ogohlantirishlarni eslatib turadi.

Orqa panelda esa qo‘sh kamerali bosh kamera tizimi joriy qilingan. Xuddi shu yerda aniq va tezkor ishlaydigan barmoq izi skaneri ham o‘rnatilgan.

Old kamera bilan bog‘liq jihatlardan biri - u foydalanuvchi qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazib, smartfon tizimini ochib berishi mumkin. Bunday smartfon dasturiy ta’minotga suyanadi, ya’ni mazkur funksiya u qadar ham ishonchli emas. Shu sababli barmoq izi skanerini ishlatgan yaxshiroq.

Siz bilishingiz kerak bo‘lgan boshqa jihatlar: smartfonda gibrid SIM karta bo‘lmachasi mavjud. An’anaviy audio tuynuk esa ovozni ko‘ngildagidek qilib jarang sochishiga xizmat qiladi. Smatfonda micro USB porti bo‘lib, uning yordamida devaysni quvvatlash mumkin. Yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, hamyonbop devays bo‘lsa ham, Redmi 6 sifatli ovoz uzatish dinamigiga ega bo‘lgan.

Ekran sifati
Xiaomi Redmi 6 smartfoni 5.45 dyuymli hamda 18:9 o‘lchamli displeyga ega bo‘lgan.
Bu ekranning piksellar sig‘imi quvonarli -- HD Plus!
Hamyonbop sinfga mansub devayslar uchun bunday aniqlikdagi ekran - komfort! Tasvir aniq aks etadi hamda batareya quvvati tejaladi, protsessorni ham qiynab qo‘ymaydi.

Platforma samaradorligi
Xiaomi Redmi 6 MediaTek kompaniyasining Helio P22 protsessoriga ega bo‘lgan. Ushbu chipset joriy yilning may oyida taqdim qilingan edi. O‘rta imkoniyatli mobil qurilmalarga mo‘ljallangan chipsetga 8 ta Cortex-A53 yadrolari o‘rnatilgan. Ma’lumotlarni 12 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan mazkur protsessorning chastota intervali 2.0 Ggs. Ya’ni, uning imkoniyatlari bizga yaxshi tanish Snapdragon 625 hamda Kirin 659 kabi raqiblariniki bilan bir xil.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, avvallari arzon smartfonlarda 28 nanometrli protsessorlardan foydalanilar edi. Yangi hamyonboplar esa 12 nanometrli chipga ega bo‘lishgan. Natijada, ularning samarali ishlashi 48% ga oshgan.

AnTuTu benchmarkida Xiaomi Redmi 6 75578 ball to‘plagan. Ya’ni, uning imkoniyatlari avvalgi avlod ega bo‘lgan Snapdragon 450 chipidan ancha yuqori. Helio P22 chipi Xiaomi Redmi 6 foydlanuvchisiga kundalik vazifalarni bajarishda to‘liq yordam bera oladi.

Devaysning o‘yinlarni qayta ishlash imkoniyati ham yomon emas. "Asphalt Xtreme", "Shadow Fight 3" kabi grafikaga boy o‘yinlarni ham deyarli maza qilib o‘ynash mumkin. To‘g‘ri, ayrim hollarda kadrlarning o‘tishi sizni qoniqtirmasligi mumkin.

Xiaomi Redmi 6 devaysining 3 yoki 4 gigabaytli tezkor hamda 32 yoki 64 gigabaytli doimiy xotira talqinlari ishlab chiqariladi.

Redmi 6 modeli MIUI 9.6, ya’ni Android 8.1 operatsion tizimiga asoslangan proshivka boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Baxtga qarshi, O‘zbekistonga Xitoydan keladigan modellarda Google Service xizmati bo‘lmaydi. Uni yuklab olishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun bir necha daqiqa kifoya. Shundan so‘ng xotirani egallab yotgan xitoycha ilovalardan voz kechish mumkin.


Kamera imkoniyatlari
Bosh kamera uchun 12 hamda 5 megapikselli datchiklar tanlangan. Old kamera aniqligi esa 5 megapikselli. So‘nggi Redmi telefonlari kabi, Xiaomi Redmi 6 kamerasi ham Artificial Intelligence (AI), ya’ni "sun’iy aql" texnologiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa unda yaxshi suratlar olish imkonini beradi. Smartfon "facial recognition" funksiyasi bilan ta’minlangan, ya’ni old kamera foydalanuvchi yuzini tekshiruvdan o‘tkazib, tizimni ochadi.

Bosh kameraga xos o‘ziga xosliklardan yana biri shuki, uni biror buyumga qaratsangiz, kameraning "aqlli" tizimi mazkur ob’yekt to‘g‘risida ma’lumot ham beradi. Bunday texnologiya "aqlli tanish" deb nomlangan. Google Lens ham aynan shunday texnologiyalardan biri.

Umumiy baho berganda gadjetdagi kamera imkoniyatlari yaxshi. Bu smartfonda siz ajoyib suratlar olishingiz mumkin. Ayniqasa, avtomatik tarzda sozlanadigan HDR rejimi, portret rejimi ham ayni muddao.

Quyidagi suratlarni tomosha qilib, Xiaomi Redmi 6 kamerasiga baho bering.

Qolaversa, old kamerada ham portret olish mumkinligi - ko‘pchilikni xursand qiladi.

Yorug‘lik past sharoitda surat sifati ham shunga yarasha bo‘ladi.

Smartfon bosh kamerasi 1080p (Full HD) video tasvirga oladi. Old kamera ham xuddi shu aniqlikdagi video suratga oladi. Kameraning ovozni muhrlashi ham sifatli va yuqori imkoniyatli.

Akkumulyator imkoniyatlari

Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlari kabi, Redmi 6 modeliga juda ham katta imkoniyatli akkumulyator nasib qilmagan. Smartfon kuch-quvvati uchun elektr toki sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.
2 soatda to‘liq quvvat oluvchi bu "quvvat toshi" faol foydalanganda uzog‘i bilan 7-10 soatga yetadi.

Aloqa imkoniyatlari va qo‘shimcha jihatlar
Xiaomi Redmi 6 modelining aloqa signalini qabul qilib olishi va ma’lumot uzatishi juda sifatli. GPS manzilni aniqlashiga bir necha soniyalar ketadi.

Xiaomi’ning telefonlaridagi yordamchi ham nihoyat yangi tillarni o‘rganibdi. Misol uchun, matnlarni Xiao Ai ingliz, fransuz, yapon, koreys, nemis, ispan hamda hind tillaridan xitoy tiliga tarjima qiladi. Xiao Ai yordamchisi, shuningdek soxta SMS xabarlarni, spamlarni ham taniydi, foydalanuvchini ulardan himoya qiladi. "Xiao Ai" nomli ovozli yordamchi endi o‘simliklarni, transport vositalari, atrof-muhitni anglaydi va narxlarni ham taqqoslay oladi.

Xiaomi Redmi 6 texnik jihatlar:

Ekran: 5.45 dyuymli, HD+ (1440 × 720 pikselli), 18:9 o‘lchamli, 2.5D qayrilma shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: 2 Ggs, 8 yadroli MediaTek Helio P22 (MT6762), 12 nanometrli texnik jarayon;
Videokarta: IMG PowerVR GE8320, 650 MHz;
Xotira: 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy yoki 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy, microSD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo)'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini;
Sim-karta: qo‘sh; 
Kamera: bosh kamera - 12 va 5 megapikselli sensorlardan iborat, LED fotochaqnoqq ega, 1.25μm piksel o‘lchamli surat oladi. Old kamera - 5 megapikselli;
Sensorlar: barmoq izi skaneri, infra-qizil modul;
O‘lchamlari: 147.46×71.49×8.3 mm; Vazni: 146 gramm;
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 5, GPS;
Akkumulyator: 3000 mA soat.


Xulosa o‘rnida ...
Redmi 6 Xiaomi kompaniyasining eng yaxshi hamyonbop devayslaridan biri. Xitoyda o‘tgan oyning o‘rtalarida sotuvga chiqarilgan gadjetning 3/32 Gb talqini uchun $124, 4/64 Gb talqini uchun $156 dollar so‘ralmoqda.

Yurtimiz bozoriga endigina kirib kelgan Redmi 6 hozircha bir oz qimmat - 260 AQSh dollariga baholangan.

Uning plastikdan ishlangani hisobga olinmasa, hammasi joyida. Qolaversa, bu model Xiaomi metalldan ishlab chiqarayotgan modellardan bir oz arzon.

Smartfonning giroskopga ega bo‘lmagani Xiaomi uchun sharmandali voqea. Boshqa tomondan esa kompaniya ekran va kameraning yaxshilarini bu devaysga o‘rnatgan. Namoyish ham yomon emas.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 989 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 979 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 960 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 150 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 129 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!