Redmi Note 12 seriyasi taqdim qilindi: iPhone'larda yo‘q yuqori xususiyatlar, lekin smartfonlar undan 2-3 barobar arzon

Redmi Note 12 seriyasi taqdim qilindi: iPhone'larda yo‘q yuqori xususiyatlar, lekin smartfonlar undan 2-3 barobar arzon

Xiaomi axiyri pardalarni ko‘tardi va Redmi Note 12 smartfonlari qatorini namoyish qildi. Yangi avlod Redmi Note seriyasi uchta standart: Note 12, Note 12 Pro, Note 12 Pro+ modellarini, shu bilan birga, Redmi Note 12 Discovery, hamda, Racing nashrlarini o‘z ichiga oladi.

Seriyadagi eng yuqori model Redmi Note 12 Discovery modeli bo‘lib, u ham 200MP kamera, ham 210 Vt tezlikda zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Aytish kerakki, 210 Vt zaryadlanish tezligi smartfonlar bozorida yangi rekord hisoblanadi. Xiaomi’ning ta’kidlashicha, bunday tezlik bilan siz smartfonning 4300 mA/s batareyasini atigi 9 daqiqada to‘liq zaryadlab olishingiz mumkin. 200MP kamera kelsak, u Samsung yaqinda Xitoyda taqdim qilgan HPX sensoridir va unga 8MP ultra-keng bilan 2MP makro kameralar qo‘shimchalik qiladi. Selfi kamera esa 16 MP.

Redmi Note 12 Discovery kapoti ostida MediaTek'ning Dimensity 1080 5G chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u 8GB operativ va 256 doimiy xotira bilan MIUI 13'da ishlaydi. Uning ekrani 120 gers yangilanish tezligiga ega 6.67 dyuymli FHD+ OLED bo‘lib, u maksimal 900 nit yorug‘likka chiqa oladi. Smartfonning yana bir e’tiborli xususiyati shundaki, unda 3.5 millimetrli naushnik uyasi hali ham saqlab qolingan.

Redmi Note 12 Pro+ batareya hajmi (5,000mA/s) va zaryadlanish tezligini (120 Vt) hisobga olmaganda Discovery modelidan deyarli farq qilmaydi.

Redmi Note 12 Racing modeli esa Pro Plus'ning nusxasi bo‘lib, u faqat tashqi ko‘rinishi bilan o‘ziga xos hisoblanadi.

Redmi Note 12 Pro esa Pro Plus'dan Sony'ning 50 megapikselli IMX766 sensori va 67 Vt tezlikda zaryadlanishi bilan farq qiladi.

Qatordagi eng boshlang‘ich model, Redmi Note 12'ning o‘zi esa boshqalaridan Qualcomm'ning Snapdragon 4 Gen 1 chipseti, 48MP asosiy kamerasi va 33 Vt tezlikda zaryadlanishi bilan ajralib turadi.

Narxlar quyidagicha:

Redmi Note 12
4GB + 128GB – ¥1,199 ($166)
6GB + 128GB – ¥1,299 ($179)
8GB + 128GB – ¥1,499 ($207)
8GB + 256GB – ¥1,699 ($235)

Redmi Note 12 Pro 
6GB + 128GB – ¥1,699 ($235)
8GB + 128GB – ¥1,799 ($249)
8GB + 256GB – ¥1,999 ($276)
12GB + 256GB – ¥2,199 ($304)

Redmi Note 12 Pro Plus
8GB + 256GB – ¥2,199 ($304)
12GB + 256GB – ¥2,399 ($332)

Redmi Note 12 Racing Edition
8GB + 256GB – ¥2,599 ($359)

Redmi Note 12 Explorer Edition
8GB + 256GB – ¥2,399 ($332)

Afsuski, Redmi Note 12 hozircha faqat Xitoy bozorlarida sotilmoqda, lekin ular global bozorga ham chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Vertu dunyodagi ilk Web 3 smartfon chiqardi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.