Redmi Note 5 AI xalqaro bozorda ham sotuvga chiqarildi

Redmi Note 5 AI xalqaro bozorda ham sotuvga chiqarildi

Bir fursat avval Xitoyda Xiaomi Redmi Note 5 AI Dual Camera smartfonining savdosi boshlangan edi. "Xitoycha talqin" deb nom olgan bu modeldagi kameralar "sun’iy aql" omillariga ega bo‘lgani, bir vaqtning o‘zida 4G LTE tarmog‘ida 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlashi va boshqa foydali jihatlari bilan ajralib turadi.

Xiaomi Redmi Note 5 AI Dual Camera 5.99 dyuymli va 2160x1080 pikselli IPS LCD ekrani, 8 yadroli Snapdragon 636 chipseti, 3/4/6 gigabaytli tezkor hamda 32/64 gigabaytli doimiy xotirasi, 4000 mA soat sig‘imli akkumulyatori bilan an’anaviy Redmi Note 5 modeliga o‘xshab ketadi.

Shu bilan birga, Xiaomi Redmi Note 5 AI Dual Camera talqinidagi bosh kamerasidagi 12 megapikselli modul uchun nisbatan ilg‘or -- F/1.9 o‘lchamli yorug‘lik linzasi tanlangan (oddiy talqinda F/2.2). Yana bir muhim jihat -- kamera 1.4 mkm pikselli suratlar muhrlaydi (oddiy talqinda 1.25μm).

Shuningdek, AI Dual Camera talqinida qo‘sh pikselli fazali avtofokus funksiyasi tatbiq qilingan va kamera fokusni tezkor aniqlaydi. Bosh kameraga yordamchi sifatida cho‘shimcha yana bir 5 megapikselli kamera ham o‘rnatilgan.

Old kamera ham diqqatga sazovor - 13 megapikselli. Oddiy talqinda esa 13 megapikselli sensor mavjud.

Quick Charge 3.0 texnologiyasi 4000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorni tezkor quvvatlash imkonini beradi.

Smartfon metall korpusining o‘lchami: 158,6 x 75,4 x 8,05 mm, vazni – 181 gramm.

Xiaomi Redmi Note 5 AI Dual Camera talqinidagi kameralar ega bo‘lgan "sun’iy aql" texnologiyasi "portret", "go‘zallik" rejimlarida ish beradi. Qolaversa, bu talqinda qiyofa yordamida smartfonni blokirovkadan chiqarish mumkin.

"Xitoycha talqin" qadoqdayoq Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘ladi. Xalqaro proshivkaga ega MIUI 9 esa qator ilg‘or imkoniyatlarni taklif qiladi.

25 martdan boshlab ana shu Redmi Note 5 AI Dual Camera talqinini xalqaro aliexpress.com onlayn do‘kooni orqali xarid qilish mumkin bo‘ldi.

Mobil qurilmaning standart modifikatsiyasi 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. AliExpress platformasida Xiaomi Redmi Note 5AI Dual Camera smartfoni qora, ko‘k, pushti hamda tilla rang korpusli talqinlarda sotilmoqda.

Xiaomi Redmi Note 5 AI Dual Camera smartfonini boshqa mamlakatdan turib 258 AQSh dollaridan boshlab xarid qilish mumkin. Hozircha bu model Xitoyda ham kamyob hisoblanadi. Uni asosan onlayn platforma orqali xarid qilish mumkin. Afsuski, hozircha bu smartfon modeli O‘zbekistonga yetkazib berilmayapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!