Bu yil "Xiaomi Redmi Note 5" modeli bo‘lmaydi!

Bu yil

Xiaomi kompaniyasi muxlislari uchun kecha kutilmaganda favqulodda xabar ma’lum qilindi. Kompaniyaga yaqin manbaning xabar berishicha, Xiaomi bu yil Xiaomi Redmi Note 5 modelini ishlab chiqarmaydi. Bu ma’lumot insayderlar tomonidan tarqatilgan bo‘lsa ham, hozircha haqiqatga yaqin ekani kutilmoqda.

Hozircha rasman ma’lum qilinmagan bo‘lsa ham, Xiaomi ayni paytda Note turkumiga mansub hamyonbop modellaridan voz kechish rejasida. Brendning Redmi turkumidagi gadjetlari 3 yildan oshiq vaqtdan buyon butun jahonda foydalanuvchilar o‘rtasida jadal ommalashib kelmoqda. Ular orasida "Redmi Note" eng yaxshi sotilgan model hisoblanadi.

Brend Xiaomi Redmi Note 5'ning o‘rniga bu yildan Xiaomi Redmi 5 Plus modelini ishlab chiqaradi. Bir jihatni eslab qolishga harakat qiling. Note qo‘shimchasi — bu brendning ekrani 5,5 dyuymdan katta bo‘lgan smartfonlariga nisbatan ishlatiladi. Redmi qo‘shimchasi esa — bu smartfonning hamyonbop ekanini anglatadi.

Xiaomi Redmi 5 Plus 5,99 dyuymli va FullHD+ sig‘imli ekrani bilan Note turkumidagi fablet o‘rnini bosa oladi. Unga Snapdragon 625 platformasi o‘rnatilgan. Devaysning 2 xil xotiraga ega talqini ishlab chiqariladi: 3/32 Gb hamda 4/64 Gb. Shu bilan birga, batareyasining tok sig‘imi 4000 mA soat. Ma’lum qilinishicha, to‘liq quvvat devaysga 2 kun ishlashiga yetadi. Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini $150 hamda 4/64 Gb versiyasi $196 dollardan sotuvga chiqariladi.

Kompaniya shu taxlit imkoniyatlari yuqori gadjetini yanada arzon narxda sotishni reja qilgan.