Redmi Note 5 Pro Rossiyada "insofli narx"da sotiladi

Redmi Note 5 Pro Rossiyada

Xiaomi kompaniyasining tarqatgan e’loniga ko‘ra, 24 maydan boshlab Rossiya hududida joriy yilning mart oyida Xitoyda taqdim qilingan Redmi Note 5 (Xitoy talqini) smartfon modeli rasman sotila boshlaydi. Bu yerda gap mobil apparatning bosh kamerasi qo‘sh sensorli hamda Dual PD texnologiyasi bo‘yicha qo‘sh fokuslash tizimiga ega talqini haqida gap ketmoqda.
Rossiyalik foydalanuvchilar smartfonni ikki talqinda xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar: 3/32 Gb talqin 290 AQSh dollaridan, 4/64 Gb talqin esa 322 AQSh dollaridan xarid qilishlari mumkin.

Mazkur model sotuvda uch talqinda mavjud bo‘ladi: ko‘k, qora hamda tilla rang. Xiaomi Redmi Note 5 modelini kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro'ning o‘ziga xosliklari:

Ekran: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!

Protsessor: 1.8 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 636; 
Video karta: Adreno 509;
Tezkor xotira: 4 Gb / 6 Gb;
Doimiy xotira: 64 gigabayt va micro SD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) Sony IMX48 + 5 Mp (f/2.0), LED fotochaqnoq;
Selfi kamera: 20 megapikselli (f/2.2) Sony IMX376 sensori, ilg‘or LED fotochqanoq;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat'ning MIUI 9 proshivkasi;
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, qo‘sh SIM karta (gibrid);
Boshqa jihatlari: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla, pushti tilla, ko‘k;
O‘lchamlari: 158.6 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 181 gramm;
Narxi: Xitoyda 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB).

Eslatib o‘tamiz, bu talqin xalqaro bozorda, ya’ni Xitoydan tashqarida "Xiaomi Redmi Note 5 Pro" deb nomlangan. Mazkur smartfon yurtimizda o‘rtacha 305 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda. Poytaxtimizdagi «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» savdo majmuasi) do‘konlariga ham Redmi Note 5 Pro rusumli ushbu qurilma aprelda yetib kelgan edi. O‘shanda  Redmi Note 5 Pro modeli uchun naq 2 725 000 so‘m so‘ralgan, bu esa taxminan 330 AQSh dollari.

O‘qing: Galaxy J6: texnik jihat, narx va "jonli" suratlar