Reyting: yilning eng tezkor kamerali smartfonlari e’lon qilindi

Reyting: yilning eng tezkor kamerali smartfonlari e’lon qilindi

Hozirda smartfonlar jahondagi eng tezkor kommunikatsiya vositasiga aylandi va ushbu jarayonda ularga o‘rnatilgan kameralarning parametrlari ham muhim o‘rin tutadi.

Kuni kecha yetakchi Phonearena nashri 2016 yil xulosalariga ko‘ra eng tezkor kamerali smartfonlar ro‘yxati e’lon qildi. Ro‘yxat smartfon kamerasini ochish, fokuslash, rasmga olish va saqlashga ketadigan vaqt natijalariga asosan tuzilgan. Ro‘yxatda standart va HDR rasm olishga ketadigan vaqt bo‘yicha bugungi kunning eng ilg‘or smartfonlari saralandi.

Standart rasmga olish tezligi bo‘yicha Google Pixel va Apple iPhone 7 eng yuqori natijalarni (1,1 soniya va 1,13 soniya) qayd qilishdi. HDR tasvirni suratga olish poygasida esa Apple iPhone 7, Samsung Galaxy S7 va S7 Edge flagmanlariga yetadigani topilmadi.

ol Снимок

Ushbu havola bo‘yicha o‘tib, 2016 va 2015 yildagi eng tezkor kamerali smartfonlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!