Rekord: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni keskin oshdi

Rekord: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni keskin oshdi

So‘nggi tadqiqotlar sayyoramizdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 3 milliard nafardan oshganini ko‘rsatmoqda. Oxirgi chorakda o‘sish sur’ati cho‘qqisiga yetgan va har kuni 1 million nafar foydalanuvchi internet tarmog‘idagi u yoki bu yo‘nalishdagi, manzildagi ijtimoiy tarmoqlarga kelib qo‘shilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sonining oshib borayotgani bevosita internet foydalanuvchilari sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Facebook jahondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining salmoqli qismi uchun doimiy virtual platformaga aylangan. Uning oylik faol foydalanuvchilari soni so‘nggi 4 oyda 2 milliarddan 2.046 milliard nafarga yetgan. Ularning 59 foizi tarmoqdan har kuni foydalanadi. Shuningdek, 86 foiz foydalanuvchi mobil gadjeti orqali Facebook'ka kiradi.  

Jahondagi auditoriyasi tezkor kengayib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardan yana biri YouTube bo‘lib, bu video tarmoq oylik foydalanuvchilari soni bilan 2-o‘rinda turadi. Uning oylik faol tomoshabinlari soni 1.5 milliard nafarni tashkil qiladi.  

Mahalliy miqyosda Xitoyning WeChat tarmog‘i eng yirik platforma hisoblanadi. Uning 870 milliondan ziyod foydalanuvchilari mavjud.

Shuningdek, jahonda WhatsApp va Facebook kabi messenjer ilovalar foydalanuvchilarining soni ham jadal o‘sib bormoqda.

Ayni paytda jahondagi har bir mobil aloqa foydalanuvchisi tomonidan foydalaniladigan ma’lumot hajmi 2.3 Gbni tashkil qiladi.

Bu raqamlardan ma’lum bo‘lishicha, mobil telefon hozirda jahonning 3 dan 2 qismi aholisi uchun muhim vositaga aylangan. Candy Crush kabi ommaviy o‘yinlarga sarflanadigan umumiy vaqt bir necha milliard soatni tashkil qiladi.

Shuningdek, tadqiqotlarda dunyodagi har 4 ta smartfondan 3 tasi Android operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatishi aniqlangan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!