Rekord: kundalik WhatsApp foydalanuvchilari soni "cho‘qqisi"ga yetdi

Rekord: kundalik WhatsApp foydalanuvchilari soni

Axborot-ma’lumot almashishga mo‘ljallangan jahonning taniqli WhatsApp messenjeri 27 iyulda  kundalik faol auditoriyasi soni 1 milliard nafar  foydalanuvchiga yetganini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya ilovadan foydalanishga oid boshqa statistik ma’lumotlarni ham e’lon qildi.

Rekord!

2016 yilda WhatsApp ilovasi oylik 1 milliard nafar faol foydalanuvchiga ega ekanligini ma’lum qilgan edi. Endi WhatsApp'ning 1 kunlik faol foydalanuvchilari soni 1,3 milliard nafarga yetdi.

Yanada batafsil ko‘rsatkichlar

WhatsApp 1 milliard kunlik faol foydalanuvchilari soni bilan birga, bu foydalanuvchilar har kuni 55 milliard xat-xabar, 4.5 milliard fotosurat, 1 milliard videorolik almashayotganliklarini ham ma’lum qilgan. 

Messenjer jahonning 60 ta tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

Facebook va boshqalar

Qiyoslash uchun aytamiz, joriy yilning iyunida Facebook oylik faol foydalanuvchilari auditoriyasi 2 milliard nafarga yetganini e’lon qilgan edi. Joriy yilning aprel holatida esa, Facebook Messenger ilovasining oylik faol foydalanuvchilari soni 1,2 milliard nafarga yetgan. Iyunda esa Instagram ilovasi 250 million nafar kunlik faol foydalanuvchilarga egaligini ma’lum qilgan. Jahonning yana bir taniqli messenjeri Snapchat esa may oyi holatida 166 million nafar faol foydalanuvchilarga ega.

Shuningdek, MDH hududida nisbatan ommalashgan «V kontakte» tarmog‘ining messenjerining faol foydalanuvchilari 42,3 mln nafarga yetadi.

Telegram messenjerining oylik faol foydalanuvchilari soni ayni paytda 100 milliondan oshgan. 2017 yilning mart oyi holatida O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilarining 16,2 foizi Telegram’dan muntazam foydalanadi. 2017 yilning 1 aprel holatida O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 14.7 million nafarni tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.